Azizova Asalxon Ruslanxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kontekst-raqamli o‘qitish texnologiyasi sharoitida bo‘lajak hamshiralarning kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4253
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Botirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped48.01
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori, professor; Mirzaeva Feruza Tilyaevna pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kontekst-raqamli o‘qitish texnologiyasi asosida bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligining tarkibiy qismlarini (perseptual, autopsixologik, differensial va deontologik) aniqlash hamda ularning vazifalari va xususiyatlarini tizimlashtirish asosida bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini samarali shakllanishini ta’minlovchi pedagogik sharoitlar (tartibga solish, ilmiy, pedagogik, uslubiy va raqamli sharoitlar) takomillashtirilgan;
kontekst-raqamli ta’lim texnologiyasi sharoitida hamda yaxlit, pragmatik va ekzistensial yondashuvlarning ustuvorligi asosida bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini shakllantirishning tarkibiy va funksional modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini shakllantirish metodikasi kontekst-raqamli texnologiyalarga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari (Case method, kontekstli raqamli ta’lim ssenariylari metodi, integratsiyalashgan kontekst-raqamli loyiha usuli va amaliy harakatlar) asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini shakllantirish mezonlari (motivatsion, intellektual, amaliy va ijodiy) va valeologik kompetentligini shakllantirish darajalari (past, o‘rta va yuqori) kontekst-raqamli o‘qitish texnologiyasi sharoitida o‘quvchilarning yutuqlarini tahlil qilish va taqqoslash usuli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligining tarkibiy qismlarini aniqlash hamda ularning vazifalari va xususiyatlari tizimlashtirish asosida bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini samarali shakllanishini ta’minlovchi pedagogik sharoitlariga oid taklif va tavsiyalari respublikadagi professional taʼlim muassasalarida “50910203 – Hamshiralik ishi” tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv taʼminotni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02/17-2951-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya va takliflar professional taʼlim muassasalarida “50910203 – Hamshiralik ishi” tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
kontekst-raqamli ta’lim texnologiyasi sharoitida bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini shakllantirishning tarkibiy va funksional modelini hamda bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirilga takomillashtirilga oid taklif va tavsiyalari “Valeologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02/17-2951-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma Abu Ali ibn Sino nomidagi sog‘liqni saqlash texnikumlarida bo‘lajak hamshiralarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini metodik jihatdan ta’minlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini shakllantirish mezonlari hamda valeologik kompetensiyani shakllantirish darajalarini ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalari “NurseValeo” elektron ta’lim resursini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02/17-2951-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak hamshiralarning valeologik kompetentligini rivojlantirish jarayonida o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlanganlik darajasini baholashning metodik tizimi takomillashtirilgan.