Sayt test rejimida ishlamoqda

Ergashev Oybek Karimovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nanostrukturali molekulyar g‘alvirda mezbon-mehmon ta’sirlashishi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/K59.

Ilmiy maslahatchi: Raxmatkariev Gayrat Ubaydullaevich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Namangan muhandislik˗texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: nanostrukturali molekulyar g‘alvirda mezbon-mehmon ta’sirlanishini adsorbsion-kalorimetrik usulda aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor sodalit, nitrit sodalit, yodid sodalit seolitlarda suv adsorbsiyasi, sodalit va yodid sodalitda ammiak adsorbsiyasi, sodalitda benzol adsorbsiyasi, CaA, CaNaA, NaX seolitlarida vodorod sul`fidi va metilmerkaptan adsorbsiyasi to‘liq termodinamik xususiyatlari aniqlangan;

NaY,,LiY, NaX va LiX molekulyar g‘alvirlarda suv va uglerod (IV) oksidi adsorbsiyasining solishtirma presizion izotermalar va to‘liq termodinamik xususiyatlari aniqlangan;

sodalit molekulyar g‘alvirida suv adsorbsiyasi issiqligi har bir pog‘onada (N2O)n/Na+ (bu erda n 1 dan 4 gacha), seolitda (N2O)n/Na+ kompleks birikmalari stexiometrikasi isbotlangan;

sodalit molekulyar g‘alvirlarida ammiak adsorbsiyasi issiqligi va sodalit (NaI) ham 4 fragment bo‘yicha borib, ammiak molekulalari Na+ kationlariga mono- va dimer shakldagi kompleks birikmalarni hosil qilishi aniqlangan;

sodalit (NaI) va sodalit (NaNO2) seolitlarida suv adsorbsiyasi issiqliklari pog‘onali ko‘rinishda bo‘lib, seolit matrisasi har bir pog‘onasining steximetrik o‘lchamlarida (N2O)n/Na+ shaklidagi bir va ko‘p o‘lchamli adsorbsion klasterlari takrorlanishi isbotlangan;

ilk bor SaA seolitida adsorbsion markaz Sa2+  kationlari ekanligi, bu holda vodorod sul`fid molekulalari Sa2+  kationlari bilan (H2S)2/Ca2+ kompleks hosil qilib,  NaSaA seolitida adsorbsion markaz sifatida Sa2+ va Na+ kationlari bo‘lishi aniqlangan;

NaX seoliti metilmerkaptan molekulasining adsorbsiyasi superbo‘shliqda SIII va SII pozisiyadagi Na+ kationlari 6,7 SN3SH/Na+ monomer komplekslar hosil qilishi aniqlangan;

superbo‘shliqning 12 ta kislorod halqasi to‘lmay qolgan qismi 1,7 molekula metilmerkaptan SIII, pozisiyadagi natriy kationiga (SN3SH)2/Na+ binar kompleks hosil qilib to‘yinishi aniqlangan;

SaA super bo‘shlig‘ida adsorbsiya natijasida barcha kationlar 7 (SN3SH)/Sa, Na mono-komplekslar hosil bo‘lishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Nanostrukturali molekulyar g‘alvirda mezbon-mehmon ta’sirlanishini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sodalit va X,Y,A adsorbsion-kalorimetrik usul orqali olingan adsorbsiya differensial issiqligi, izotermasi, entropiya va termokinetikalari EF7-FA-0-11832 raqamli «BaY molekulyar g‘alvirida ion-molekulyar komplekslarning energetikasi, strukturasi va lokallanishi» loyihasida turli seolitlarning markalari bilan qiyosiy taqqoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 13 sentyabrdagi 4/1255-2440-son ma’lumotnomasi). Natijada seolitlarda molekulalarning to‘liq adsorbsiya mexanizmlarini ochish imkonini bergan;

sanoat oqava suvlarni organik birikmalardan NaX tipidagi seolitlar analoglari yordamida tozalash texnologiyasi «Chinoz NQIZ»da amaliyotga joriy etilishi istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 5 sentyabrdagi
20/11-701-son ma’lumotnomasi) Natijada oqava suvlarini aromatik uglevodorodlardan tozalab, suvni aylanma siklini tashkillashtirish imkonini bergan;

seolitlarni adsorbsiyalash xususiyatlari (termodinamik tavsiflash, izoterma, entropiya va qutbli molekulalarni adsorbsiyalanish erkin energiyasini xisoblash usullari) Surgut davlat universitetining «Sharqiy Sibir` yovvoyi o‘simliklaridan polifenollarni ajratib olish, identifikatsiyalash va XMAO Yugra sharoitlarida yoshga bog‘liq geroprotektor xususiyatlarini o‘rganishning innovatsion texnologiyalari» loyihasida seolitlar yordamida eritmani tozalashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining ma’lumotnomasi). Natijada molekulyar g‘alvirlar sifatida seolitlar polifenol tabiatli moddalarni turli o‘simliklardan ajratib olish uchun ishlatiladigan erituvchilarni qutbli qo‘shimchalardan tozalashda ishlatish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish