Xakimov Sanjar Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish» 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2612
Ilmiy rahbar: Usanov Absalam, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmanov Ulugbek Anorbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy joylar bilan ta’minlash maqsadida Ittifoq tomonidan boshlang‘ich badal to‘lovlarining qaytarilishi bo‘yicha 0941-«Yoshlar uylari bo‘yicha uzoq muddatli debitorlik qarzlari» ishchi schyotini qo‘llash taklif etilgan;
Markaziy Kengash tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobining to‘g‘ri olib borilishi maqsadida Ittifoqning hisob siyosatiga 4121-«Markaziy Kengash muassisligidagi nodavlat notijorat tashkilotlarining dasturiy vazifalarini moliyalashtirish» ishchi schyotini kiritish asoslangan;
hisob siyosatiga balansdan tashqari 017-«Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar», 018-«Sovg‘alar, ko‘chma sport sovrinlari va kuboklari», 019-«To‘lanmagan yo‘llanmalar», hamda 020-«Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari» kabi schyotlarni qo‘llash taklif etilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarining funksional xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Funksional xarajatlar to‘g‘risida»gi hisobot shaklida aks ettirish taklif etilgan va ushbu ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy joylar bilan ta’minlash maqsadida Ittifoqning hisob siyosatiga boshlang‘ich badal to‘lovlarining qaytarilishi bo‘yicha 0941-«Yoshlar uylari bo‘yicha uzoq muddatli debitorlik qarzlari» ishchi schyotini kiritish bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024 yil 17 sentyabrdagi 04-13/879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yoshlar uylari bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovlari hisobining va ushbu to‘lovlar bo‘yicha analitik ma’lumotlarning shakllantirilishiga erishilgan;
Markaziy Kengash tasarrufidagi nodavlat notijorat tashkilotlarining dasturiy vazifalarini amalga oshirish uchun Markaziy Kengash tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobining to‘g‘ri olib borilishi maqsadida Ittifoqning hisob siyosatiga 4121-«Markaziy Kengash muassisligidagi nodavlat notijorat tashkilotlarining dasturiy vazifalarini moliyalashtirish» ishchi schyotini kiritish bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024 yil 17 sentyabrdagi 04-13/879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Markaziy Kengash muassisligidagi nodavlat notijorat tashkilotlariga dasturiy vazifalar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobining takomillashuviga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma»ga qo‘shimcha ravishda balansdan tashqari 017-«Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar», 018-«Sovg‘alar, ko‘chma sport sovrinlari va kuboklari», 019-«To‘lanmagan yo‘llanmalar», 020-«Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari» kabi schyotlarni kiritish bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024 yil 17 sentyabrdagi 04-13/879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqoridagi qimmatliklar buxgalteriya hisobi va tahlilining axborot ta’minoti takomillashuviga erishilgan;
Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining funksional xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Funksional xarajatlar to‘g‘risida»gi hisobot shaklida tayyorlash va amaliyotga joriy qilish bilan bog‘liq taklifi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024 yil 17 sentyabrdagi 04-13/879-son hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining 2024 yil 23-iyuldagi 03-03/64-son ma’lumotnomasi). «Funksional xarajatlar to‘g‘risida»gi hisobot shaklining amaliyotga joriy qilinishi natijasida donor tashkilotlar va hissa qo‘shuvchilarni ishonchli axborot bilan ta’minlashga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish