Muxamedieva Irodaxon Baxtiyorxo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim izoxinolin alkaloidlarining yurak mitoxondriyasi funksiyasiga ta’siri va ularning protektiv roli», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B892.
Ilmiy rahbar: Isroiljonov Saminjon, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev G‘ofurjon Raximjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Omonturdiev Sirojiddin Zoirovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamush yurak mitoxondriyasi funksional faolligiga F-24, F-4 va N-14 izoxinolin alkaloidlarining ta’sirini aniqlash (in vitro) hamda ularning antistress xossalarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
F-24, F-4 va N-14 izoxinolin alkaloidlari yurak mitoxondriyasi megakanalining (mPTP) Ca2+-ga bog‘liq ochilishini ingibirlashi hamda mitoKATF-kanaliga faollovchi ta’siri aniqlangan;
in vitro tajribalarda F-24, F-4 va N-14 izoxinolin alkaloidlari mitoxondriya membranasining Fe2+/sitrat yordamida chaqirilgan LPO ingibirlashi va antioksidant fermentlar faolligini oshirishi baholangan;
organizmning PbCl2 intoksikatsiyasi bilan bog‘liq OS sharoitida F-24 va F-4 izoxinolin alkaloidlari yurak mPTP ni ingibirlashi hamda mitoKATF-kanaliga faollashtirishi aniqlangan;
kalamushlarda PbCl2 intoksikatsiyasiga bog‘liq OS sharoitida F-24 va F-4 izoxinolin alkaloidlari yurak mitoxondriyasi membranasining Fe2+/sitratga bog‘liq LPO ni ingibirlashi va MDA miqdorini kamaytirib, antioksidant xossasini namoyon etganligi isbotlangan;
OS modelida kalamush yurak mitoxondriyasining bir va ikki valentli kationlar uchun passiv ion o‘tkazuvchanligiga F-24 va F-4 izoxinolin alkaloidlarining faollovchi ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayrim izoxinolin alkaloidlarning OS sharoitida yurak mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PbCl2 intoksikatsiyasi bilan bog‘liq oksidativ stress sharoitida F-24 va F-4 izoxinolin alkaloidlari yurak mPTP ni ingibirlashi hamda mitoKATF-kanalini faollashtirishi hamda antioksidant xossalari bo‘yicha olingan natijalardan O‘zR FA o‘simlik moddalari kimyosi institutining MUK-2021-42 raqamli “Bir vaqtning o‘zida analgetik va mahalliy anestetik faolligi bo‘lgan, yangi antiaritmik preparatni yaratish” amaliy loyiha doriasida 1-aril-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolinlar sintez qilishni samarali usullarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 14 sentyabrdagi 4/1255-2080-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1-(4-dimetilaminofenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin va (1-(4-metoksilfenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin) tuzilishga ega bo‘lgan biologik faol birikmalarni yangi vakillarini sintez qilish imkonini bergan;
oksidativ stress modelida kalamushlar yurak mitoxondriyasi disfunksiyasini izoxinolin alkaloidlar tomonidan qayta tiklanishiga oid natijalardan MUK-2021-42 raqamli “Bir vaqtning o‘zida analgetik va mahalliy anestetik faolligi bo‘lgan, yangi antiaritmik preparatni yaratish” amaliy loyihada kardioprotektiv xossaga ega izoxinolin alkaloidlarni baholashda va skrining ajratib olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 14 sentyabrdagi 4/1255-2080-son ma’lumotnomasi). Natijada, izoxinolin alkaloidlari asosida yangi antiaritmik xususiyatga ega preparatlarni olish imkonini bergan;
izoxinolin alkaloidlarning kardioprotektiv va membranafaol xossalaridan Amerika qo‘shma shtatlarining Long island University va Vet Vittles LLC kompaniyasining hamkorlikdagi maqsadli “Biologik faol moddalarning fiziologik ta’sir mexanizmlarini aniqlash” mavzusidagi ilmiy loyihasida farmakologik tadqiqotlarda biologik prototip sifatida foydalanilgan (AQSh Vet Vittles LLC komaniyasining 2024 yil 16 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, biofaol moddalarni kardioprotektiv xususiyatlarini skrining aniqlash imkonini bergan;
oksidativ stress modelida kalamush yurak mitoxondriyasining bir va ikki valentli kationlar uchun passiv ion o‘tkazuvchanligiga F-24 va F-4 izoxinolin alkaloidlarining faollovchi ta’siri bo‘yicha natijalardan Amerika qo‘shma shtatlarining Long Island University va Vet Vittles LLC kompaniyasining hamkorlikdagi maqsadli “Biologik faol moddalarning fiziologik ta’sir mexanizmlarini aniqlash” mavzusidagi ilmiy loyihasida membrana orqali kationlarni o‘tkazuvchanligini oshirishda foydalanilgan (AQSh Vet Vittles LLC komaniyasining 2024 yil 16 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, hujayra membranasining stabilligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish