Adinaev Xidir Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noyob er elementlaridan foydalanib bezatish va texnik maqsadlar uchun rangli shisha va shishakristall materiallarining sintezi va o‘ziga xos xususiyatlari» 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/K191.
Ilmiy maslahatchi: Kadirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Baxtiyar Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Sabirov Baxtiyor Toxtaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noyob er elementlaridan foydalanib bezatish va texnik maqsadlar uchun shisha va shishakristall materiallarning sintezi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shisha sintezida omuxta boshlang‘ich xomashyo komponentlarining «tarkib-struktura-xossa» funksional o‘zgarishining termik ishlov berish haroratiga bog‘liqligi aniqlangan;
PbO-SiO2 sistemasida tarkibida PbO ning konsentratsiyasi 70 dan 80 mas.% gacha bo‘lgan namunada past haroratda eruvchi evtektik aralashmalar hosil bo‘lishi va nur sindirish ko‘rsatkichining yuqoriligi aniqlangan;
shisha omuxtasi tarkibiga B2O3 ning 1-5 mas.% miqdorida kiritilishi omuxta suyuqlanish haroratining 800 dan 600℃ gacha pasayishiga, PbO-SiO2 sistema komponentlarining reaksion hususiyatini yaxshilashga; NaNO3 ning kiritilishi shisha massasining tiniqlanishiga va gomogenlanishiga; CaO va Al2O3 larning qo‘shilishi esa shishaning kristallanishga barqarorligini oshirishga olib kelishi amalda isbotlangan;
PbO-SiO2 sistemasi asosidagi shisha tarkibiga kiritilgan rang beruvchi va noyob er elementlari oksidlarining fizik-kimyoviy xossalarini boshqarish imkoniyati aniqlangan;
PbO-SiO2 sistemasi asosida shaffof va rangli shisha namunalari sintez qilingan va kompleks tahlil etilib, fizik-texnik va funksional hususiyatlarining amaldagi standart talablariga mos kelishi aniqlangan;
PbO-SiO2 sistemasi asosidagi namunalar tarkibiga mos ravishda Ce2O3, Nd2O3 va Er2O3 lar, hamda an’anaviy nukleatorlarni qo‘shish orqali olingan sitallarning fizik-texnik xossalarini boshlang‘ich shisha ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqoriligi aniqlangan;
xomashyo komponentlaridan - Sherobod, Jarqo‘rg‘on, Ugun kvars qumi konlari va Xondiza qo‘rg‘oshin konsentratining kimyo-mineralogik tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari kompleks tahlil etish orqali ular asosida rangli shishalar sintez qilish imkoniyatlari asoslangan;
rangli shisha sintezida kvars qumlari aralashmasiga qo‘rg‘oshin konsentratini kiritish hisobiga shishaning yaltiroqlik darajasi va nur sindirish ko‘rsatkichi oshganligi va shisha qaynash jarayoning 0,5 soatga qisqarganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noyob er elementlaridan foydalanib bezatish va texnik maqsadlar uchun rangli shisha va shishakristall materiallarining sintezi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
PbO-SiO2 asosida noyob er elementlaridan foydalanib, shisha va shishakristall materiallar sintezi “Qurilish va texnik maqsadlardagi silikat va funksional materiallarning energiya va resurstejamkor tarkiblari va olish texnologiyalarini ishlab chiqish” byudjet mavzusida foydalanilgan (O‘zR FAning 2024 yil 8 iyuldagi 4/1255-1545-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uchlamchi sistema asosida past haroratda shisha hosil bo‘lish jarayonlari bo‘yicha ilmiy asoslangan, fundamental ma’lumotlar olish imkonini bergan;
noyob er elementlari va rang beruvchi oksidlar ishtirokidagi qo‘rg‘oshin silikatli shisha omuxtasi asosida ishlab chiqilgan shaffof-rangsiz va rangli shishalar “KVARS” AJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati»ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024 yil 3 iyundagi 02/15-1332-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnik va bezatish maqsadlari uchun talab darajasidagi rangli shisha materiallarini olish imkonini bergan;
Nukleator va noyob er elementlari tarkib topgan qo‘rg‘oshin silikatli shisha omuxtasi asosida rangli shishakristall olish texnologiyasi “KVARS” AJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati»ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024 yil 3 iyundagi 02/15-1332-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talab darajasidagi funksional va estetik xossalariga ega shishakristall materiallari olish imkonini bergan.