Ismatov Baxtiyor Sa’dulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda geometrik modellashtirish usullarini qo‘llash”,
05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5060.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Dilarom Fayzullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamadiev Abduvali Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;Sindarov Raxmat Uralovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Gidrotexnika inshootlarini loyihalash jarayoniga geometrik modellashtirish usullarini qo‘llash algoritmlarini ishlab chiqish va loyihalash jarayoni samarasini oshirishda foydalanish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlabki geodezik ma’lumotlarga ishlov berishda splayn funksiya usuli takomillashtirildi va relef gorizontallarini tuzish algoritmlari ishlab chiqildi;
berilgan hududda gidrotexnika inshootlar loyihasini tuzishda er sirtining murakkablik darajasini baholash algoritmlari topografik sirtning topologik xususiyatlari asosida ishlab chiqildi;
tuzib chiqilgan loyiha variantlari ichidan optimal loyiha tanlab olish jarayoniga Pareto optimal usullarini qo‘llash algoritmlari ishlab chiqildi;
gidrotexnik inshootlarni loyihalashning unifikatsiyalashgan algoritmlari asosida dasturiy ta’minotning funksional sxematik tuzilishi ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida gidrotexnika inshootlarini loyihalashda geometrik modellashtirish usullarini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturiy majmua asosida:
gidrotexnika inshootlarini loyihalashda geometrik modellashtirish usullarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar “Navoiy Suv loyiha” MChJda amaliyotga tadbiq qilingan. Mazkur uslubiyotda loyiha tuzish jarayoniga geometrik modellashtirish usullarini qo‘llash orqali er uchastka gorizontallarini aniq berilishi takomillashtirilgan, Pareto optimal usullariga ko‘ra loyiha tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi, loyiha chizmasining bir nechta variantlarini tuzish va shulardan maqbul variantni tanlash usuli taklif qilingan;
tavsiya qilingan gidrotexnika inshootlarni loyihalash jarayoniga ta’luqli algoritmlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar “Quyi Zarafshon Irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi”da amaliyotda tadbiq qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra ishlab chiqilgan algoritmlar gidrotexnika inshootlarning loyihasini tuzish jarayonini avtomatlashtirilgan holda barcha bosqichlarini qamrab olgan natijada loyiha tuzuvchi muhandisning ish vaqti 2 barobarga kamaydi mehnat unumdorligi esa 5-7% ga oshdi;
ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan tuzib chiqilgan dasturiy ta’minot “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 70111202-“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejasidagi “Muhandislik grafikasi fanlarining metodologiyasi” fani bo‘yicha o‘quv fan dasturiga kiritilib, o‘quv jarayoniga joriy etilgan;
ilmiy tadqiqot ishiga Toshkent “SUV LOYIHA” MChJ tomonidan Suv Xo‘jaligi Vazirligiga ijobiy xulosalar olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv Xo‘jaligi vazirligining 08.08.2024 yil № 02/13-2895-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaga o‘zgartirishlar kiritilishi asosida loyiha chizmasining bir nechta variantlarini tuzish va optimal loyiha variantini tanlab olish usuli taklif qilingan. Dissertasiya ishida dasturiy ta’minot asosida loyihachi muhandislarning ish vaqti qisqartirilishi va ish unumdorlik darajasini 5-7% oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish