Abduvaliev Zafar Mahmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Integratsiyalashgan hisobotni shakllantirish va takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.Phd/Iqt3021.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Qadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Botirali Toshbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integratsiyalashgan hisobotni shakllantirish va takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ ijtimoiy mas’uliyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kompaniyaning jamiyatga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirlarini kuchaytirish, nufuzini mustahkamlash, salbiy ta’sir va nomoliyaviy riskni kamaytirish, pirovardida aksiyadorlar uchun foydani ko‘paytirish maqsadida korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini ichki va tashqi steykxolderlarning manfaatlarini hisobga olgan holda amaliy faoliyat (biznes-jarayonlari)ga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “nomoliyaviy hisobot” tushunchasining iqtisodiy mazmuni asosiy manfaatdor tomonlar uchun kompaniya faoliyatining biznesni barqaror rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq asosiy jihatlari va natijalari haqidagi ishonchli hamda qulay tarzda taqdim etiladigan va ixtiyoriy ravishda e’lon qilinadigan ma’lumotlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
integratsiyalashgan hisobotning mazmunan yaqin elementlarini birlashtirish hamda “Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorlik” elementini alohida bo‘lim sifatida kiritish orqali axborotlar hajmini qisqartirish, mantiqiy izchillik va bog‘liqlikni ta’minlash hamda kompaniya faoliyatining strategik yo‘nalishini belgilash taklifi asoslangan;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda integratsiyalashgan hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish, shakllantirish hamda harakatlarni rasmiylashtirishni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali “integratsiyalashgan hisobotni tayyorlash reglamenti loyihasi”ni ishlab chiqish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Integratsiyalashgan hisobotni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ ijtimoiy mas’uliyat” tushunchasining iqtisodiy mazmunini kompaniyaning jamiyatga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirlarini kuchaytirish, nufuzini mustahkamlash, salbiy ta’sir va nomoliyaviy riskni kamaytirish, pirovardida aksiyadorlar uchun foydani ko‘paytirish maqsadida korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini ichki va tashqi steykxolderlarning manfaatlarini hisobga olgan holda amaliy faoliyat (biznes-jarayonlari)ga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Loyiha boshqaruvi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini ichki va tashqi steykxolderlarning manfaatlarini hisobga olgan holda amaliy faoliyat (biznes-jarayonlari)ga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “korporativ ijtimoiy mas’uliyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “nomoliyaviy hisobot” tushunchasining iqtisodiy mazmunini asosiy manfaatdor tomonlar uchun kompaniya faoliyatining biznesni barqaror rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq asosiy jihatlari va natijalari haqidagi ishonchli hamda qulay tarzda taqdim etiladigan va ixtiyoriy ravishda e’lon qilinadigan ma’lumotlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qurilish iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kompaniya faoliyatining biznesni barqaror rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq asosiy jihatlari va natijalari haqidagi ma’lumotlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “nomoliyaviy hisobot” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
integratsiyalashgan hisobotning mazmunan yaqin elementlarini birlashtirish hamda “Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorlik” elementini alohida bo‘lim sifatida kiritish orqali axborotlar hajmini qisqartirish, mantiqiy izchillik va bog‘liqlikni ta’minlash hamda kompaniya faoliyatining strategik yo‘nalishini belgilash taklifi “Nukus imorat Servis” MChJ, “Gazobeton stroy” MChJ, “Temir beton” MChJ va “Orient ceramik” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 sentyabrdagi 24-06/9889-son ma’lumotnomasi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 14 maydagi 02/15-1124-son ma’lumotnomasi). mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Nukus imorat Servis” MChJ, “Gazobeton stroy” MChJ, “Temir beton” MChJ va “Orient ceramik” MChJlarida integratsiyalashgan hisobot loyihasining shaffofliligi va ishonchliligi oshirish imkoni yaratilgan;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda integratsiyalashgan hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish, shakllantirish hamda harakatlarni rasmiylashtirishni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali “Integratsiyalashgan hisobotni tayyorlash reglamenti loyihasi”ni ishlab chiqish taklifi “Nukus imorat Servis” MChJ, “Gazobeton stroy” MChJ, “Temir beton” MChJ va “Orient ceramik” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 sentyabrdagi 24-06/9889-son ma’lumotnomasi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 14 maydagi 02/15-1124-son ma’lumotnomasi). mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yilda oldingi yilga nisbatan “Gazobeton stroy” MChJda mahsulot sotishdan tushgan tushumni 3 foizga oshirish, “Nukus imorat Servis” MChJ va “Temir beton” MChJda tayyor mahsulotning tannarxini 3 foizga kamaytirish hamda “Orient ceramik” MChJda mahsulot sotish hajmini 8 foizga oshirish imkoni yaratilgan.