Raxmonov Ismoiljon Alisher o‘g‘lining
fan doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4540.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademyasi, DSc.40./29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy  Sharopovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Rajabov Furkat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik va psixologik xususiyatlari altruistik- kooperativ xulq-atvor motivlarini shakllantirish, o‘z-o‘ziga va boshqalarga munosabat bo‘yicha xavf va tahdidlarni anglash, boshqa insonlarning somatik tomonini ko‘ra olish kabi empirik jihatlarning tarbiyaviy faoliyat bilan korrelyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik tuzilmasi ekologik, emotsional-xulq-atvor, verbal, madaniyatshunoslik kabi jihatlarni o‘zida ifoda etadigan salomatlikni saqlashga doir muhitning o‘quvchilarning valeologik, o‘qituvchilarning valeologik-pedagogik va boshqaruvga doir bilimlari bilan integratsion darajasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligini shakllantiriah modeli kichik maktab yoshidagi bolalarda produktiv fikrlashni shakllantirish, individual-tipologik o‘ziga xosliklarni hisobga olish, etnopedagogik materiallar asosida o‘quv-biluv motivatsiyasini jadallashtirish, qo‘rquvni engishning psixologik-pedagogik mexanizmlariga muvofiq “Tarbiya” fanini o‘qitishning pragmatik jihatini kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, “Tarbiya” fanini o‘qitishda integratsion o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish, bolalardagi intellektual tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga doir fasilitatsion muhitning determinantligini ta’minlashga doir shart-sharoitlarning yaxlitligiga erishish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik va psixologik xususiyatlarini altruistik- kooperativ xulq-atvor motivlarini shakllantirish, o‘z-o‘ziga va boshqalarga munosabat bo‘yicha xavf va tahdidlarni anglash, boshqa insonlarning somatik tomonini ko‘ra olish kabi empirik jihatlarning tarbiyaviy faoliyat bilan korrelyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanini o‘qitish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 21-oktyabrdagi 01/11-10-839-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik tuzilmasini ekologik, emotsional-xulq-atvor, verbal, madaniyatshunoslik kabi jihatlarni o‘zida ifoda etadigan salomatlikni saqlashga doir muhitning o‘quvchilarning valeologik, o‘qituvchilarning valeologik-pedagogik va boshqaruvga doir bilimlari bilan integratsion darajasi produktivligini ta’minlash asosida,  boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligini shakllantiriah modelini kichik maktab yoshidagi bolalarda produktiv fikrlashni shakllantirish, individual-tipologik o‘ziga xosliklarni hisobga olish, etnopedagogik materiallar asosida o‘quv-biluv motivatsiyasini jadallashtirish, qo‘rquvni engishning psixologik-pedagogik mexanizmlariga muvofiq “Tarbiya” fanini o‘qitishning pragmatik jihatini kuchaytirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Xavfsizliging o‘z qo‘lingda” yoʼriqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 21-oktyabrdagi 01/11-10-839-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga doir o‘quv materiallarini loyihalash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, “Tarbiya” fanini o‘qitishda integratsion o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish, bolalardagi intellektual tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga doir fasilitatsion muhitning determinantligini ta’minlashga doir shart-sharoitlarning yaxlitligiga erishish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 2022-2023 yillarda bajarilgan KA107/2022-2023 raqamli Erasmus+ mobility program loyihasi doirasida xavfsiz ta’limiy muhitni loyihalashning amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 21-oktyabrdagi 01/11-10-839-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hayot faoliyati xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishning metodk tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish