Shadmanov Baxtier Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘yin umurtqalari asoratlangan disk churralarini jarrohlik usulda davolash va erta reabilitatsiyasini optimallashtirish”, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3064.
Ilmiy rahbar: Sattorov Alisher Raximovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Qobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: umurtqa  pog‘onasi  bo‘yin  qismi  disk churralarida davolash usulini takomilashtirish va neyroreabilitatsiya maqsadida ritmik transkranial magnit stimulyasiyasini qo‘llab mavjud nevrologik asoratlarni erta tiklash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘yin umurtqalari disk churralarida taklif qilingan harakat rejasining orqa miya nerv tuzilmalari zararlanish darajasini ishonchli tarzda aniqlash va adekvat davolash uslubini tanlash, disk churrasi lokalizatsiyasiga ko‘ra qo‘llaniladigan implant soni belgilash, asoratlar mavjudligida amaliyotdan keyingi erta reabilitatsiya taktikasini belgilash isbotlangan;
bo‘yin umurtqalari disk churrasida orqa miya va ildizchalarni adekvat dekompressiya qilib, turg‘un stabilizatsiyalash imkonini beruvchi tanalararo takomillashtirilgan titan keydj implanti ishlab chiqilgan xamda uning qo‘llanilishi asosida spondilodez muolajasining qisqa muddatda bajarilishi va umurtqa pog‘onasi funksional imkoniyatlarini maksimal saqlab qolishi isbotlangan;
umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismi disk churrasida jarrohlik amaliyotdan so‘ng erta davrda ritmik transkranial magnit stimulyasiyani qo‘llash asosiy guruhdagi bemorlarning 40(87%) nafarida mavjud nevrologik asoratlardan erta bartaraf bo‘lishi ENMG xulosalari va Evropa mielopatik shkalasi tahlillari yordamida isbotlangan;
magnit stimulyasiyani qo‘llash asosida taklif etilgan davolash taktikasi natijalarini guruhlararo qiyosiy tahlillarida asosiy guruh bemorlarda EMG xulosalarida QTT (qo‘zg‘alishning tarqalish tezligi) 59% bo‘lib, normaga yaqinlashganligi va M-javob amplitudasi 64%, ya`ni nazorat guruhiga nisbatan deyarli 2 barobar ijobiy samaradorligi qayd etilib, mavjud nevrologik etishmovchiliklarni erta tiklanishi isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 04 oktyabrdagi 9- son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2023 yil 15 oktyadagi 01/06-02-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bo‘yin umurtqalari disk churralarida taklif qilingan harakat rejasining orqa miya nerv tuzilmalari zararlanish darajasini ishonchli tarzda aniqlash va adekvat davolash uslubini tanlash, disk churrasi lokalizatsiyasiga ko‘ra qo‘llaniladigan implant soni belgilash, asoratlar mavjudligida amaliyotdan keyingi erta reabilitatsiya taktikasini belgilash isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida (10 oktyabr 2023  yildagi 96/3-son buyruk) va Samarqand viloyatiNogironligi  bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (16 oktyabr 2023 yildagi 87/2 son buyruk) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Klinik-nevrologik ko‘rig, ENMG, MRT, dopplerografiya, spondilografiya, MSKT va funksional rentgenografiya, bioximik tekshiruvdagi belgilar: bo‘yinda va qo‘llarga uzatiluvchi og‘riqlar 98 (95.1%), Spurling simptomi (zararlangan tomonga boshni passiv egganda shu tomonda og‘riq kuchayishi 81 (78.6%), Lermitt simptomi simptomi (bo‘yinni egilganda qo‘llardan elektr toki o‘tgandek bo‘lishi 32 (31.1%) bo‘yin lordozi silliqlanishi 77 (74.7%), bo‘yin lordozi ifodalanganligi 30 (29.1%), paravertebral mushaklar defansi 103 (100%), yurishni o‘zgarishi va harakat aktivligini susayishi 30 (29.1%), bo‘yin umurtqasi segmentlarida harakat chegaralanishi 39 (37.8%) bemorlarda aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan algoritm bo‘yicha bo‘yin umurtqasi disk churrasini o‘z vaqtida tashxisi qo‘yiladi, zaruriy tekshiruv usullari olib boriladi va klinik belgilari o‘xshash boshqa kasalliklar uchun olib boriladigan ortiqcha tekshiruv usullaridan saqlanib kolish evaziga kiymati 800000-1000000 sum mikdor atrofida – pulni tejab kolinadi. Taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Xulosa: umurtqa pog‘onasi disk churrasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash yoki istisno qilish uchun shu bemorlarda erta va aniq tashxis quyish talab qilinishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘larni 800000- 1000000 sum mikdor atrofida iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bo‘yin umurtqalari disk churrasida orqa miya va ildizchalarni adekvat dekompressiya qilib, turg‘un stabilizatsiyalash imkonini beruvchi tanalararo takomillashtirilgan titan keydj implanti ishlab chiqilgan xamda uning qo‘llanilishi asosida spondilodez muolajasining qisqa muddatda bajarilishi va umurtqa pog‘onasi funksional imkoniyatlarini maksimal saqlab qolishi isbotlangan va natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida (10 oktyabr 2023 yildagi 96/3 son buyruk) va Samarqand viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (16 oktyabr 2023 yildagi 87/2 son buyruk) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismi disk churrasi bilan 46 (44.6%)da takomillashtirilgan titan keydj moslamasi o‘rnatildi. Ushbu uslubni afzalligi umurtqa kanalini to‘liq dekompressiya qilish imkoni yuqoriligi, qisqa muddatda maksimal stabillik erishilishi, qo‘shimcha plastinaga extiyoj yo‘qligi va keydjni antimigratsion xususiyati tufayli residiv disk churrasi uchrashi oldini olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘yin qismi disk churrasi bo‘lgan bemorlarda takomillashtirilgan titan keydjni o‘rnatish hisobidan qo‘shimcha plastinaga extiyoj bo‘lmaydi, ya`ni plastina 3500000 so‘m bo‘lsa shu mikdor iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bo‘yin umurtqalari disk churrasida tanalararo stabilizatsiyalashda takomillashtirilgan titan keydjni qo‘llanilganda turgun stabilizatsiyalash imkonini berib, qo‘shimcha plastinaga extiyoj bo‘lmaydi va 3500000 so‘m miqdorda iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismi disk churrasida jarrohlik amaliyotdan so‘ng erta davrda ritmik transkranial magnit stimulyasiyani qo‘llash asosiy guruhdagi bemorlarning 40 (87%) nafarida mavjud nevrologik asoratlardan erta bartaraf bo‘lishi ENMG xulosalari va Evropa mielopatik shkalasi tahlillari yordamida isbotlangan. Natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida (10 oktyabr 2023 yildagi 96/3 son buyruk) va Samarqand viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi (16 oktyabr 2023 yildagi 87/2 son buyruk) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘yin umurtqalari disk churrasini jarrohlik uslubida davolangandan keyin ritmik transkranial magnit stimulyasiyasi qo‘llanganda mavjud nevrologik buzilishlarning tiklanishi tezlashdi, asosiy guruhda erta davr (3-6 oy) da 87,0% bemorda Evropa mielopatik shkalasi bo‘yicha 17-18 ball(norma)ga tiklanganligi, kechki davrda asosiy guruh 95,6%ida tiklanib, uslubning yuqori samaradorligi qayd etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda mavjud turli darajadagi nevrologik buzilishlarni tiklanish davrini qisqarishi natijasida davolanish uchun ketadigan ortiqcha mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kechki davrda (12-24 oyda) asosiy guruhdagi bemorlarni umumiy sonini deyarli 90.1% o‘zlarining kasbiy faoliyatlarini boshladilar. Ritmik transkranial magnit stimulyasiya qo‘llaganda mavjud nevrologik buzilishlarning tiklanishi kechki davrda asosiy guruhning 95,6%ida tezlashib uslubning yuqori samaradorligi qayd etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: magnit stimulyasiyani qo‘llash asosida taklif etilgan davolash taktikasi natijalarini guruhlararo qiyosiy tahlillarida asosiy guruh bemorlarda EMG xulosalarida QTT (qo‘zg‘alishning tarqalish tezligi) 59% bo‘lib, normaga yaqinlashganligi va M-javob amplitudasi 64%, ya`ni nazorat guruhiga nisbatan deyarli 2 barobar ijobiy samaradorligi qayd etilib, mavjud nevrologik etishmovchiliklarni erta tiklanishi isbotlangan. Natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida (10 oktyabr 2023 yildagi 96/3 son buyruk) va Samarqand viloyati Nogironligi  bo‘lgan  shaxslarni  reabilitatsiya  qilish  va protezlashmarkazi (16 oktyabr 2023 yildagi 87/2 son buyruk) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘yin qismi disk churrasi bilan jarrohlik usulda davolangan bemorlarni VASh bo‘yicha baholanganda og‘riqning intensivligi amaliyotdan keyingi erta davrda asosiy guruh bemorlarini 93,5% ida va kechki davrda - 97,8% ida og‘riq batamom kuzatilmadi Tavsiya etilgan uslubning samaradorligini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘yin qismi disk churrasi bo‘lgan bemorlarning statsionar davolanish muddati 7-8 kundan 3-5 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1250000 so‘mga kamaytirdi va shifoxona preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 382000 so‘mni tashkil qiladi, shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000-250000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismi disk churralarida qo‘llanilgan davolash va neyroreabilitatsiya usullarining qo‘llanilishi davolash samaradorligini oshirdi, erta va kechki davrlarda umurtqa harakat segmentida nostabillik, implant migratsiyasi yoki dislokatsiyasi, hamda nevrologik asoratlar qo‘shilishi kuzatilmadi. Davolanish davrida 1 nafar bemor hisobiga har bir kuniga byudjet mablag‘larini 382000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150000-250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish