Shodmonqulova Nilufar Usmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ochiq kodli platformalarda integrativ yondoshuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped2197.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylakova Guli Bekmuratovna, pedagogika fanlari doktori bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ochiq kodli platformalarda intigrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari elektron o‘quv adabiyotlar va ularni ta’limga joriy etish produktivligini oshirish, ochiq kodli platformalarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablariga mos ravishda yaratish hamda ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli “web – kwest” “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” kabi metodlarning o‘zaro to‘ldiruvchi imkoniyatlarini tahliliy prognozlash hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, faoliyatni va uning natijalarini nazorat qilishning tashkiliy - tuzilmaviy ierarxiyasining didaktik traektoriyasini qurish asosida takomillashtirilgan;
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni online ta’limning birlamchi modelini ta’limiy vazifalarga moslashtirish, amaliyot darslari va laboratoriya mashg‘ulotlari natijadorligini oshirishga qaratilgan tezkorlik va virtuallashtitirish, axborotli-tadqiqotchilik, o‘z-o‘zini boshqarish kabi didaktik-vektorlik faoliyatga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasi samaradorligi kognitiv-faoliyatli va kreativ - motivatsion yo‘nalganlikning integrativ o‘qitish mazmuniga interaktivlik, vizualizatsiya, simulyasiya va modellashtirish bosqichlarini hisobga olish hamda teskari va qayta aloqaga kirishish mobilligi va elektron kontent mazmunini to‘ldirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ochiq kodli platformalar asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari elektron o‘quv adabiyotlar va ularni ta’limga joriy etish produktivligini oshirish, ochiq kodli platformalarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablariga mos ravishda yaratish hamda ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar «Materiallar qarshiligi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6526/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasasalarida materiallar qarshiligi fanidan talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli “web – kwest” “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” kabi metodlarning o‘zaro to‘ldiruvchi imkoniyatlarini tahliliy prognozlash hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, faoliyatni va uning natijalarini nazorat qilishning tashkiliy - tuzilmaviy ierarxiyasining didaktik traektoriyasini qurish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Materiallar qarshiligi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6526/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni online ta’limning birlamchi modelini ta’limiy vazifalarga moslashtirish, amaliyot darslari va laboratoriya mashg‘ulotlari natijadorligini oshirishga qaratilgan tezkorlik va virtuallashtitirish, axborotli-tadqiqotchilik, o‘z-o‘zini boshqarish kabi didaktik-vektorlik faoliyatga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Materiallar qarshiligi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6526/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada «Materiallar qarshiligi» fanining didaktik ta’minotini takomillashtirishning nazariy imkoniyatlari kengaytirilgan;
ochiq kodli platformalarda integrativ yondashuv asosida materiallar qarshiligi fanini o‘qitish metodikasi samaradorligi kognitiv-faoliyatli va kreativ - motivatsion yo‘nalganlikning integrativ o‘qitish mazmuniga interaktivlik, vizualizatsiya, simulyasiya va modellashtirish bosqichlarini hisobga olish hamda teskari va qayta aloqaga kirishish mobilligi va elektron kontent mazmunini to‘ldirish asosida takomillashtirilgan oid takliflar «Materiallar qarshiligi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6526/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni axborot texnologiyalari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik va metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish