Baltamuratova Aksungul Perdebaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3360.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Absalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaydarova Maxliyo Xabibullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari algoritmik va ijodiy faoliyat turlarini mazmunan tavsiflash, ijodiy individuallik va shaxsiy xususiyatlar tuzilmasining didaktik yaxlitligini ta’minlash hamda ijodiy pedagogik faoliyat xususiyatlarini ta’limiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish jarayoni tashabbuskorlik, moslashuvchanlik, fikrlashning o‘ziga xosligini tahliliy aniqlash, muammolarni ilmiy-pedagogik ifodalay olish, vaziyatni tushunish va uni tartibga solish, o‘z gipotezasini ifodalay olish hamda taklif etgan echimlarning variativligini ta’minlashga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli faoliyatli va muammoli yondashuvlar integrativ jihatlarini aniqlash, individuallashtirish va kasbga yo‘naltirilgan tamoyillar xususiyatlarini qiyosiy tavsiflash, motivlar, shaxsiy o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, tashqi rag‘batlantirish omillari va motivatsion-qadriyatli, kognitiv – evristik, ijodiy-faoliyatli bosqichlarga ko‘ra kollokvium va TRIZ texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish samaradorligi kognitiv-bilish, axborot-tahliliy, ijodiy faollik mezonlarining ko‘rsatkichlarini tahliliy aniqlashtirish, mustaqil ta’limning adaptivligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda mustaqil ishlarni bajarishda kasbga yo‘naltirilgan nostandart topshiriqlardan ratsional foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari algoritmik va ijodiy faoliyat turlarini mazmunan tavsiflash, ijodiy individuallik va shaxsiy xususiyatlar tuzilmasining didaktik yaxlitligini ta’minlash hamda ijodiy pedagogik faoliyat xususiyatlarini ta’limiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Tәrbie jұmisiniң әdіstemesі oquliq” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7573/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish jarayoni tashabbuskorlik, moslashuvchanlik, fikrlashning o‘ziga xosligini tahliliy aniqlash, muammolarni ilmiy-pedagogik ifodalay olish, vaziyatni tushunish va uni tartibga solish, o‘z gipotezasini ifodalay olish hamda taklif etgan echimlarning variativligini ta’minlashga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirshga oid tavsiyalar “Tәrbie jұmisiniң әdіstemesі oquliq” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7573/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish jarayoni takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli faoliyatli va muammoli yondashuvlar integrativ jihatlarini aniqlash, individuallashtirish va kasbga yo‘naltirilgan tamoyillar xususiyatlarini qiyosiy tavsiflash, motivlar, shaxsiy o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, tashqi rag‘batlantirish omillari va motivatsion-qadriyatli, kognitiv – evristik, ijodiy-faoliyatli bosqichlarga ko‘ra kollokvium va TRIZ texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tәrbie jұmisiniң әdіstemesі oquliq” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7573/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish samaradorligi kognitiv-bilish, axborot-tahliliy, ijodiy faollik mezonlarining ko‘rsatkichlarini tahliliy aniqlashtirish, mustaqil ta’limning adaptivligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda mustaqil ishlarni bajarishda kasbga yo‘naltirilgan nostandart topshiriqlardan ratsional foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tәrbie jұmisiniң әdіstemesі oquliq” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7573/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.