Babaxova Gulziba Ziyatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda optika va atom fizikasini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Abdikamalov Baxtiyar Abdirazakovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda optika va atom fizikasini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optika va atom fizikasi bo‘limlarini o‘qitishning metodik imkoniyatlari Python dasturlash tili va Mathematica kompyuter algebra tizimiga ustivorlik berish asosida fizikaning kasbiy yo‘nalishi va o‘qitishning izchillik tamoyilining adaptivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
kompyuter kodlar va virtual eksperimentlar orqali ko‘rgazmali tushuntirish asosida bilim berish, motivaciya uyg‘otish va ko‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan metodik tizim takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligi “Asalari galasi”, “Modellashtirish” va “Aqliy hujim” metodlarini nazariy bilimlarga qo‘llash orqali uzviylik tamoyili asosida takomillashtirilgan;
geometrik optika va yorug‘lik difraksiyasi qonunlari LensManipulate,   ThickLensManipulate va MirrorManipulate  funksiyalarida va  vodorod atomi nazariyasi, vodorod atomi Bor modeli va ishqoriy metall atomlarining spektrlari kodlar asosida modellashtirish orqali o‘qitish samaradorligi oshishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda optika va atom fizikasini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimi talabalarining optika va atom fizikasi qonunlarini o‘zlashtirish kompetensiyalari pedagogik-psixologik, didaktik va texnik talablarning bogʻliqligi axborot texnologiyalari hamda pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan OT-F-2-77 raqamli “Modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan holda yarimo‘tkazgichli asboblarning ishonchliligini bashorat qilishni takomillashtirish usuli” nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan          (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-avgustdagi 11-05-4094/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning optika va atom fizikasi bo‘limlari bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishi axborot texnologiyalar hamda pedagogik texnologiyalarning optika va atom fizikasini o‘qitish takomillashtirilgan;
 talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha optika va atom fizikasi qonunlarini o‘qitishda nazariy bilimlarini shakllantirish va amaliy jihatdan mustahkamlashda “Asalari galasi”, “Modellashtirish”, “Savol-javob” ta’lim texnologiyalaridan foydalanib ishlab chiqilgan va nazariy bilimlarini rivojlantirishda va optika va atom fizikasi bo‘limlarining o‘quv mashgʻulotlarida qonuniyatlarni modellashtirish kompyuter dasturlaridan Python dasturlash tili va Mathematica kompyuter algebra tizimlari yordamida amalga oshirilib va  dars jarayonlarida qo‘llanilib, o‘qitish samaradorligini oshirishda “Atom fizikasi” (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-son buyrug‘i asosida berilgan №146681 son nashr ruxsatnomasi) nomli darslikda optika  va  atom fizikasi   bo‘limlarini   o‘qitishning  metodik tizimi takomillashtirilgan.
talabalarning optika va atom fizikasi o‘quv mashgʻulotlarini o‘zlashtirishida kreativ fikrlash va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan nazorat savollari, o‘quv-uslubiy materiallar, dasturlar yordamida ishlab chiqilgan modellar yordamida takomillashtirish bo‘yicha takliflar Navoyi davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bajarilayotgan №02/2023-307 raqamli “Tarkibida radon gazi bo‘lgan er osti suvlarini iste’mol uchun foydalanish yo‘llarini topish” nomli loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-avgustdagi 11-05-4094/04-son dalolatnomasi). Ushbu loyihada optika va atom fizikasi bo‘limlarini o‘qitish samaradorligini oshirish va talabalarning kasbiy kompetensiyalarini hosil qilishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish