Matyoqubova Dilfuza Olimboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududiy biznes tuzilmalarining innovatsion rivojlanishini diversifikatsiya qilish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.12–“ Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt816
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tagribergan, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonkul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududiy biznes tuzilmalarining innovatsion rivojlanishini diversifikatsiya qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududda tashkiliy tuzilmaning o‘zgarishi va resurslarni qayta taqsimlashda biznes tuzilmasini diversifikatsiya qilish jarayonini amalga oshirish mexanizmi taklif etilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiy faoliyatida biznes tuzilmasini rivojlantirishda ausorsing kooperatsiyasining samaradorlik mezonlarini hisoblash metodologiyasi takomillashtirilgan;
hududiy biznes tuzilmasining innovatsion rivojlanishida omillarning qutbli ta’siri asosida innovatsiyalarni uzlyuksiz amalga oshirish va samarali qarorlarni tezkor qabul qilishda tizimli ko‘p vektorli diversifikatsiya konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
hududiy biznes tuzilmasining innovatsion rivojlanishida baholash ob’ektlarining diversifikatsiya bosqichlari bo‘yicha optimal joylashuv xaritasi va xodimlarning kognitiv ustunligini aniqlovchi modeli taklif etilgan;
hududiy biznesning innovatsion tuzilmasini rivojlantirishning tizimli ko‘p vektorli diversifikatsiyasi jarayonini ausorsingga ustunlik koeffisienti (k_AU>0; k_AU<0) va mahsulot yoki xizmatni shakllantirishni (S_xb) biznes tuzilmasi tomonidan amalga oshirilishi kerakligi (va S_xb>〖UQ〗_mb; S_xb<〖UQ〗_mb) shartlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududiy biznes tuzilmalarining innovatsion rivojlanishini diversifikatsiya qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududda tashkiliy tuzilmaning o‘zgarishi va resurslarni qayta taqsimlashda biznes tuzilmasini diversifikatsiya qilish jarayonini amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 15-3881-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Xorazm viloyati tuman va shaharlari resurslarini qayta taqsimlash va iqtisodiyotni intellektuallashtirishda biznes tuzilmasini diversifikatsiya qilish jarayonini samarali amalga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyati iqtisodiy faoliyatida biznes tuzilmasini rivojlantirishda ausorsing kooperatsiyasining samaradorlik mezonlarini hisoblash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 15-3881-son ma’lumotnomasi). Natijada, Hududlardagi tadbirkorlik va biznes bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini “yuqori”, “o‘rta” va “quyi” darajalarda baholashga erishilgan;
hududiy biznes tuzilmasining innovatsion rivojlanishida omillarning qutbli ta’siri asosida innovatsiyalarni uzlyuksiz amalga oshirish va samarali qarorlarni tezkor qabul qilishda tizimli ko‘p vektorli diversifikatsiya konsepsiyasi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 15-3881-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Xorazm viloyatining Urganch va Gurlan tumanlarida innovatsion hududlarni diversifikatsiya qilish orqali mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ulushini 7-9 foizga oshirish asoslangan;
hududiy biznes tuzilmasining innovatsion rivojlanishida baholash obektlarining diversifikatsiya bosqichlari bo‘yicha optimal joylashuv xaritasi va xodimlarning kognitiv ustunligini aniqlovchi modeli bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 15-3881-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida biznes tuzilmalarini optimal joylashtirish xaritasi tuzilib, shu orqali korxonalar iqtisodiy faoliyatining kognitiv ustunligini aniqlovchi modeli yaratilgan;
aniqlangan hududiy biznesning innovatsion tuzilmasini rivojlantirishning tizimli ko‘p vektorli diversifikatsiyasi jarayonini ausorsingga ustunlik koeffisienti (k_AU>0; k_AU<0) va mahsulot yoki xizmatni shakllantirishni (S_xb) biznes tuzilmasi tomonidan amalga oshirilishi kerakligi (S_xb>〖UQ〗_mb va S_xb<〖UQ〗_mb) bo‘yicha shartlar Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-noyabrdagi 15-3881-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga qo‘llash natijasida Xorazm viloyatining Urganch shahri, Urganch, Xonqa, Tuproqqal’a va Gurlan tumanlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini ausorsing ustunligi koeffisienti (k_AU>0; k_AU<0) aniqlangan hamda boshqa hududlarda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish (S_xb) shartlari asosida 100 ga yaqin yangi korxonalarni tashkil etish mumkinligi asoslangan.