Boboev Siyovush Saidavzalzodaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mikropul`sli transskleral siklofotokoagulyasiya yordamida refrakter glaukomani kompleks davolash natijalari », 14.00.08- Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2718.
Ilmiy rahbar: Yusupov Amin Abduazizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Normatova Nargiza Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yur`eva Tat`yana Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikroimpul`sli transskleral siklofotokoagulyasiya (MTSFK) bilan davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini o‘rganish va uning klinik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor neovaskulyar terminal og‘riqli glaukomasi bo‘lgan bemorlarda mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘llagandan keyin uzoq muddatli (3 yil) kuzatuv natijalariga asoslanib, ko‘z organ sifatida saqlab qolinganligi va nogironlikning oldini olinganligi bilan hayot sifatini yaxshilanishi asoslangan;
ilk bor mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiya va anti VEGF terapiya bilan kombinatsiyalangan davolashdan oldin va keyin og‘riq sindromi, og‘riq vizual-analog shkalasi yordamida baholangan, hamda og‘riqning intensivligi davolashdan keyin statistik jihatdan ahamiyatli kamaygani isbotlangan;
neovaskulyar terminal og‘riqli glaukomalarda mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘llash natijasida ko‘z ichki suyuqligining ishlab chiqarilishning kamayishi, ko‘z ichki bosimining dastlabki ko‘rsatkichidan sezilarli darajada pasayishi va bemorlarda gipotenziv ko‘z tomchilariga bo‘lgan ehtiyojining kamayishi aniqlangan;
neovaskulyar terminal og‘riqli glaukoma bilan kasallangan bemorlar ko‘z olmaning oldingi kamerasiga angiogenez ingibitorlari yuborib, mikroimpulsli transskleral siklofotokoagulyasiya o‘tkazish orqali kompleks davolash usuli takomillashtirilgan, natijada rangdor pardadagi va oldingi kamera burchagidagi patalogik vaskulyarizatsiyaning regressiyasini tezlashishga hamda intraokulyar asoratlar xavfi kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 6-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, neovaskulyar terminal og‘riqli glaukomasi bo‘lgan bemorlarda mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘llagandan keyin uzoq muddatli (3 yil) kuzatuv natijalariga asoslanib, ko‘z organ sifatida saqlab qolinganligi va nogironlikning oldini olinganligi bilan hayot sifatini yaxshilanishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyaning 3 yil davomidagi samaradorligiga oid ma’lumotlar, bu usulning barqaror ta’sirini ko‘rsatadi. Glaukoma kasalligi bilan bog‘liq nogironlikning oldini olish va ko‘zni saqlab qolishga qaratilgan tadqiqot natijalari, ushbu usulning yuqori samaradorligini isbotladi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Djizzax filiali klinik amaliyotiga (2024 yil 29 aprel`, №23 buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Samarqand filiali klinik amaliyotiga (2024 yil 30 aprel`, №58-U buyruq) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘llash natijasida, glaukoma bilan aniqlangan bemorlarning ko‘z organi saqlab qolinishi va nogironlikning oldini olinishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, bemorlarning ijtimoiy faolligini saqlab qolishga yordam beradi va ularning ishlash qobiliyatini oshiradi. Glaukoma bilan og‘rigan shaxslar uchun hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shundaki, mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiya usulining qo‘llanilishi, an’anaviy davolash usullariga nisbatan kamroq resurs va vaqti talab etadi. Masalan, ko‘zga amaliy operatsiyalar va qator uzoq muddatli davolashlarning ortiqcha xarajatlari ortiqcha qoldiradi. Bu usul bemorlarning uzoq muddatli kuzatuvlarini kamaytirib, bepul yoki kam xarajatli davolash imkoniyatini yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiya va anti VEGF terapiya bilan kombinatsiyalangan davolashdan oldin va keyin og‘riq sindromi, og‘riq vizual-analog shkalasi yordamida baholangan, hamda og‘riqning intensivligi davolashdan keyin statistik jihatdan ahamiyatli kamaygani isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Og‘riq vizual-analog shkalasi orqali og‘riq intensivligini aniqlash, davolash usullarining samaradorligini baholashda muhim instrument hisoblanadi. Neovaskulyar terminal og‘riqli glaukomalarda, og‘riqning intensivligini og‘riq vizual-analog shkalasi orqali kamayishini aniq ko‘rsatgan. Bu qo‘llanilgan davolash usullari og‘riqni samarali va statistik jihatdan ahamiyatli darajada kamaytirishga imkon berishi, ularning klinik ahamiyatini tasdiqlaydi. Davolashdan oldin va keyin og‘riqning kamayishi, og‘riq vizual-analog shkalasi asosida natijalarni baholash, yangi terapiya usullarining natijadorligini faqat ilmiy, balki klinik jihatdan ham yaqqol ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Djizzax filiali (2024 yil 29 aprel`, №23 buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Samarqand filiallarida klinik amaliyotiga (2024 yil 30 aprel`, №58-U buyruq) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Agar bemorlar davolash jarayonida og‘riqning intensivligini sezilarli darajada kamaytirsa, bu ularning turmush tarziga va ijtimoiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatadi. Davolash usullarini ko‘llash orqali og‘riq kamayishi og‘riq vizual-analog shkalasiga qarata ta’riflangan natijalar, bemorlar uchun nafaqat fizik holat, balki ruhiy holatning yaxshilanishiga ham olib keladi, natijada ijtimoiy faollik va hayotiy sifat oshishi mumkin Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shundaki, Og‘riqning intensivligini og‘riq vizual-analog shkalasi orqali baholash, davolash usullarining samaradorligini aniq ko‘rsatishga yordam beradi. Agar mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiya va anti VEGF terapiyasi og‘riqni og‘riq vizual-analog shkalasida statistik jihatdan ahamiyatli darajada kamaytirsa, bu uzoq muddatda bemorlar uchun hayot sifati oshishiga olib keladi. Shunga muvofiq, tez davolash va kamroq davolash kurslari talab etilishi mumkin, bu esa tibbiy xarajatlarni kamaytirishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: neovaskulyar terminal og‘riqli glaukomalarda mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘llash natijasida ko‘z ichki suyuqligining ishlab chiqarilishning kamayishi, ko‘z ichki bosimining dastlabki ko‘rsatkichidan sezilarli darajada pasayishi va bemorlarda gipotenziv ko‘z tomchilariga bo‘lgan ehtiyojining kamayishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘llash natijasida ko‘z ichki suyuqligining ishlab chiqarilishi va ko‘z ichki bosimi sezilarli darajada kamayishi aniqlandi. Bu natija, glaukoma bemorlarini davolashda murakkab tibbiy manipulyasiyalarga ehtiyojni kamaytirib, ko‘z ichki bosimini nazorat qilishda samaradorlikni oshirishi mumkin. Shunga qo‘shimcha, antiglaukomatoz kuz tomchilariga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi, davolash jarayonining qulayligini oshirib, bemorlarga yanada samarali va faol hayot kechirish imkonini yaratadi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Djizzax filiali klinik amaliyotiga (2024 yil 29 aprel`, №23 buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Samarqand filiali klinik amaliyotiga (2024 yil 30 aprel`, №58-U buyruq) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘llash natijasida kuz ichki bosimining pasayishi va antiglaukomatoz kuz tomchilariga ehtiyojning kamayishi, bemorlar uchun kundalik hayot sifatida ijobiy o‘zgarishlar olib kelishi mumkin. Og‘riq va ko‘zning holatini yanada samarali boshqarish, odamlarning ijtimoiy faolligini va turmush darajasini yaxshilashga yordam beradi. Shu bilan birga, gipotenziv tomchilarga kamroq ehtiyoj sezilishi tibbiy xizmatlarning og‘irliklarini kamaytirib, bemorlarga ko‘proq qulayliklar yaratishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani asosiy davolash usuli sifatida qo‘llash gipotenziv ko‘z tomchilariga sarflanadigan 450000 so‘mni tejash imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, umumiy davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, chunki bemorlarga ko‘p yillar davomida antiglaukomatoz kuz tomchilariga sarflanadigan mablag‘ni o‘rniga bir martagi samarali davolash usulini qo‘llash imkonini yaratadi. Mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyaning samaradorligi bilan 100 nafar bemor uchun umumiy tejalgan mablag‘ 45000000 so‘mni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich ushbu usulning tibbiy xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy samaradorligini yaqqol ko‘rsatib beradi, shu bilan birga, tibbiy tizimlar uchun muhim iqtisodiy foyda keltiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: neovaskulyar terminal og‘riqli glaukoma bilan kasallangan bemorlar ko‘z olmaning oldingi kamerasiga angiogenez ingibitorlari yuborib, mikroimpulsli transskleral siklofotokoagulyasiya o‘tkazish orqali kompleks davolash usuli takomillashtirilgan, natijada rangdor pardadagi va oldingi kamera burchagidagi patalogik vaskulyarizatsiyaning regressiyasini tezlashishga hamda intraokulyar asoratlar xavfi kamayishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: neovaskulyar terminal og‘riqli glaukoma bilan kasallangan bemorlarda ko‘z olmaning oldingi kamerasiga angiogenez ingibitorlari yuborish va mikroimpuls transskleral siklofotokoagulyasiyani qo‘shma ravishda qo‘llash, kompleks davolash usulini takomillashtirishga imkon beradi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Djizzax filiali klinik amaliyotiga (2024 yil 29 aprel`, №23 buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Samarqand filiali klinik amaliyotiga (2024 yil 30 aprel`, №58-U buyruq) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bu yangi kompleks davolash usuli, bemorlarning holatini yaxshilashga va ularning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Rangdor pardadagi vaskulyarizatsiyaning regressiyasi va intraokulyar asoratlar xavfining kamayishi, ko‘zlarning turmush tarziga ta’sirini kamaytirib, bemorlar uchun ijtimoiy faollikni oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, mazkur davolash usuli ijtimoiy jihatdan ham muhim, chunki bu usulning samaradorligi ko‘plab bemorlarga tez va aniq davolash imkoniyatini beradi, bu esa umumiy sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Angiogenez ingibitorlarini (ramizumab) oldingi kameraga yuborish orqali anti VEGF terapiyasini 3 ta kurs emas, balki faqat bitta kurs olish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Bu usulning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, ko‘plab bemorlar uchun xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Misol uchun, bir in’eksiyasining narxi 2590400 so‘mni tashkil etganini hisobga olsak, 3 kurs davolash uchun 7771200 so‘m sarflash kerak bo‘lar edi. Biroq, birta kurs bilan bir xil samaradorlikka erishish, umumiy 2590400 so‘mni tejash imkonini beradi. Bu 100 nafar bemor uchun umumiy tejalgan mablag‘ 259040000 so‘mni tashkil etadi. Demak, yangi davolash usuli iqtisodiy jihatdan katta foyda keltiradi, tibbiy xizmatlarning samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga yo‘l ochadi.