Isxakova Zuxro Sharifkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Komorbidlik fonida yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolashni samaradorligini oshirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib2131.
Ilmiy rahbar: Kubaev Aziz Saydalimovich, tibbiyot fanlari doktori dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Dusmuxamedov Dilshod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.  Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: MARA Technological University (Malayziya).    
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kolxisin preparatini maxalliy qo‘llash orqali arterial gipertoniya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonasini davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz-jag‘ sohasining arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan flegmonal yuz-jag‘ sohasining arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan flegmonalari bo‘lgan bemorlarda tizimli yallig‘lanishning  komorbid patologiya fonidagi roli yuzasidan qiyosiy tahlil o‘tkazilganda, yiringli yallig‘lanish jarayonlari komorbid fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan og‘irroq kechishi aniqlangan;
arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda endotelial funksiya va sitokin yallig‘lanish markerlari tahlil qilindi;  yuz-jag‘ sohasi flegmonalari arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan bemorlarda  komorbid foni  bo‘lmagan bemorlarga nisbatan endotelial funksiyani pasayishi va sitokin yallig‘lanish markerlari miqdori  ko‘payishi aniqlangan;
arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda kolxisin bilan o‘tkazilgan mahalliy terapiyaning endoteliy funksiyasi va  yallig‘lanish markerlariga ta’siri samaradorligi isbotlangan;
 arterial gipertenziya va semizlik fonida shakllangan yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bo‘lgan bemorlarni kolxisinni mahalliy qo‘llash orqali davolashning yuqori samaradorligi klinik-laborator, mikrobiologik va immunologik natijalar asosida isbotlandi, shuningdek, yumshoq to‘qimalarning regenerativ qobiliyati yaxshilanishi va davolash muddatlarining qisqarishi aniqlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 8 iyuldagi 02/11- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasining arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan flegmonalari bo‘lgan bemorlarda tizimli yallig‘lanishning  komorbid patologiya fonidagi roli yuzasidan qiyosiy tahlil o‘tkazilganda, yiringli yallig‘lanish jarayonlari komorbid fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan og‘irroq kechishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bemorlarni davolanish jarrayonida arterial gipertenziya va semizlik fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlar guruhdagi umumiy va maxalliy klinik belgilari nazorat guruxga nisbatan 3.4 va 3.3  baravar yallig‘lanish jarrayonini balandligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (28.01.2024 y; №28);) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y.; №1156-7-107-TB/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:olingan ilmiy natijalar asosida arterial gipertenziya va semizlik  bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ flegmonalarning operatsiyadan keyingi turli xil asoratlarni oldini olish bo‘yicha davolash usuli tadbiq etilgan; Iqtisodiy samaradorligi: biz tomonimizdan ilk bora gipertenziya va semizlik fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda kolxisin malhamini qo‘llanilishi natijasida davolash samaradorligi oshishi hisobiga umumiy sarf xarajatlarni kamaytirishga erishildi. Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasi va Toshkent shahar 7-son shahar shifoxonasi 2022 yildagi preyskuranti bo‘yicha 10 kun davolanish uchun 1mln. 100 ming so‘m sarflangan, biz tomondan taklif etilgan davolash usulida esa 800 ming so‘m sarflandi, 300 ming so‘m tejaldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: arterial gipertenziya va semizlik  bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi flegmonalarni davolash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Hamroh kasalliklari bor  bemorlarda yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini tarqalganligi va jarrohlik davolashga bo‘lgan ehtiyoj tavsifi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (SamDTU qoshidagi ekspert kengashi 13.05.2024 yilda da №85-son bilan tasdiqlandi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi yuz-jag‘ sohasi flegmonlarini arterial gipertenziya va semizlik  foni bilan birga kechishini erta tashxislash va davolash, bemorlarda asoratlarni oldini olish va ularni rivojlanishini kamaytirish imkonini berdi;    
ikkinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda endotelial funksiya va sitokin yallig‘lanish markerlari tahlil qilindi;  yuz-jag‘ sohasi flegmonalari arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan bemorlarda  komorbid foni  bo‘lmagan bemorlarga nisbatan endotelial funksiyani pasayishi va sitokin yallig‘lanish markerlari miqdori  ko‘payishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda an’anaviy davolash usuliga qo‘shimcha mahalliy kolxisin dori vositasini qo‘llash orqali kompleks davolash tadbirlari taklif qilingan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (28.01.2024 y; №28);) hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y.; №1156-7-107-TB/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarning QVP va poliklinika xirurg stomatologlari amaliyotiga tadbiq etilishi, arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalarida ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish, profilaktika chora tadbirlari tibbiy-ijtimoiy samaradorlikni oshirish evaziga jarrohlik yarasini bitishi tezlashishiga imkon berdi, bu esa o‘z navbatida umumiy davolash xarajatlarining kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: biz tomonimizdan ilk bora kolxisin malhamining innovatsion qo‘llanilishi davolash samaradorligi oshishi va kasallikni davolashga ketadigan preparat umumiy sarf xarajatlarni kamaytirish hisobiga erishildi. Kolxisin endotelial hujayralarda selektinlar ekspressiyasini bostiradi, bu leykotsitlarning yallig‘langan endoteliyga nisbatan adgeziyasi pasayishiga olib keladi, shu bilan neytrofillar migratsiyasi va yallig‘lanishni susaytiradi va bemorlar statsionar koyka kunlarini odatdagi 10-12 kundan 8-10 kungacha qisqarishiga olib keladi. 10 kunlik koyka kunlari Toshkent 7- son klinik shifoxonasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi o‘rtacha hisoblanib, 1100000 sumdan 800 ming so‘mgacha qisqarishi aniqlandi, 300 ming so‘m tejaldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: arterial gipertenziya va semizlik  bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi flegmonalarni davolash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Hamroh kasalliklari bor  bemorlarda yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini tarqalganligi va jarroxlik davolashga bo‘lgan ehtiyoj   tavsifi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (SamDTU qoshidagi ekspert kengashi 13.05.2024 yilda №85-son bilan tasdiqlandi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi arterial gipertenziya va semizlik  fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonlarini davolash usullarini takomillashtirish va bemorlarni reabilitatsiya qilish sifatini oshirishga xizmat qilgan;    
uchinchi ilmiy yangilik arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda kolxisin bilan o‘tkazilgan mahalliy terapiyaning endoteliy funksiyasi va  yallig‘lanish markerlariga ta’siri samaradorligi isbotlangan;  Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda immunologik va biokimyoviy o‘zgarishlar aniqlangan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (28.01.2024 y; №28); hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi  bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y.; №1156-7-107-TB/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi.  Ijtimoiy samaradorligi: arterial gipertenziya va semizlik fonida kechayotgan yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarda yiringli yallig‘lanish jarayoninng asosiy omillari anamnezi to‘liq yig‘ilib  o‘rganildi va biz tomondan taklif etilgan davolash usuli yordamida bemorlarning tez tuzalishi, koyka kunlari qisqarishi, shifoxonaga kelib ketish sarf xarajatlarining kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarimizga biz tomondan tavsiya etilgan kompleks davo chorasi,  kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkon bergan. Kolxisin malhamini qo‘llash bilan davolash sarf-harajatlaridan 300000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: arterial gipertenziya va semizlik fonida shakllangan yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bo‘lgan bemorlarni davolashning takomillashtirilgan usuli asosida ishlab chiqilgan «Yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks reabilitatsiya qilishda zamonaviy bog‘lov materiallaridan foydalanish samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (SamDTU qoshidagi ekspert kengashi 13.05.2024 yilda №86-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy natijalarning joriy etilishi arterial gipertenziya va semizlik  fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonlari kechishini tashxislashning zamonaviy yondashuvlari va davolash usullarini takomillashtirish haqida ma’lumot beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: arterial gipertenziya va semizlik fonida shakllangan yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bo‘lgan bemorlarni kolxisinni mahalliy qo‘llash orqali davolashning yuqori samaradorligi klinik-laborator, mikrobiologik va immunologik natijalar asosida isbotlandi, shuningdek, yumshoq to‘qimalarning regenerativ qobiliyati yaxshilanishi va davolash muddatlarining qisqarishi aniqlangan;  Ilmiy yangilikning ahamiyati: arterial gipertenziya va semizlik fonida shakllangan yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bo‘lgan bemorlarni ixtisoslashtirilgan yordamini tashkil etish bo‘yicha taklif etilgan usul orqali bemorlarni davolash samaradorligi yaxshilangan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan,olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (28.01.2024 y; №28);) hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y; №1156-7-107-TB/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi; asosiy guruh bemorlarimizga biz tomonimizdan tavsiya etilgan davolash taktikamiz, bemorlarni tezroq tuzalishi va ijtimoiy holati yaxshilanganligi kuzatildi.  Iqtisodiy samaradorligi: arterial gipertenziya va semizlik fonida shakllangan yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bo‘lgan bemorlarni davolashda biz tomondan tavsiya etilgan tabiiy kolxisin preparati nisbatdan kamharjligi va tavsiya etilgan usul effektivligi statsionarda yotib davolanish kunlarining qisqarishi, bir nafar bemor 10 kunlik koyka kunlari Toshkent shahar 7- son klinik shifoxonasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi o‘rtacha hisoblanib, 1100000 sumdan sakkiz yuz ming so‘mgacha kamayishi aniqlandi, 300 ming so‘m tejaldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: arterial gipertenziya va semizlik fonida shakllangan yuz-jag‘ sohasi flegmonasi bo‘lgan bemorlarni davolash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks reabilitatsiya qilishda zamonaviy bog‘lov materiallaridan foydalanish samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (SamDTU qoshidagi ekspert kengashi 13.05.2024 yilda №86-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy natijalarning joriy etilishi arterial gipertenziya va semizlik fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonalarni tashxislashning zamonaviy yondashuvlari va davolash usullarini takomillashtirish haqidagi ma’lumotlarni beradi. Ilmiy natijalarning joriy etilishi arterial gipertenziya va  semizlik fonidagi yuz-jag‘ sohasi flegmonalarni kechishini erta tashxislash va davolash, «Yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks reabilitatsiya qilishda zamonaviy bog‘lov materiallaridan foydalanish samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalari (SamDTU qoshidagi ekspert kengashi 13.05.2024y da №86-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy natijalarning joriy etilishi arterial gipertenziya va semizlik  fonida yuz-jag‘ sohasi flegmonlari bilan birga kechishini tashxislashning zamonaviy yondashuvlari va davolash usullarini takomillashtirish haqida ma’lumot beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish