Abduazimov Botir Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lignotsellyulozali chiqindilar asosida o‘simliklarni o‘sishini tezlashtiruvchi “Roslin”, “Uglin”, dorilagich ’’Dorilin’’ vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T1274.
Ilmiy rahbar: Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Abdurashid Musaxonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Abdurazakov Asqar Sheralievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O.S.Sodiqov nomidagi Biorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo va farmatsevtika sanoatining lignotsellyulozli chiqindilari asosida o‘simlik o‘sishini tezlashtiruvchi «Roslin», «Uglin» va urug‘larni dorilovchi «Dorilin» vositalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
guruch qobig‘i, yog‘och qipig‘i va paxta chigiti qobig‘ining gidroliz ligninlari eruvchanligiga kimyoviy va fizikaviy texnologik sharoitlarning ta’siri aniqlangan va ularni eruvchan shaklga o‘tkazish uchun eng maqbul sharoitlar belgilangan;
analitik piroliz va biokimyoviy tahlil usuli bilan A. leucostomum, G. glabra, T. alterniflora lignotsellyulozali chiqindilarining kimyoviy tarkibi aniqlangan, natijada birinchi marta bu mazkur chiqindilarni o‘simlik o‘sishini tezlashtiruvchi vosita olish uchun muqobil xomashyo sifatida ishlatish taklif qilingan;
ilk marta A. leucostomum va G. glabra ildizlarining, shuningdek T. alterniflora o‘simlikning er ustki qismi ligninlarining suyuq sharoitda kislota – ishqoriy muhitlarning kombinatsion ta’siri jarayonida kimyoviy o‘zgarishlari isbotlangan;
dorivor o‘simliklar chiqindilarini yagona texnologik jarayonda o‘simliklarni o‘sishini tezlashtiruvchi faollikka ega bo‘lgan suvda eriydigan lignin mahsulotlarini olish imkonini beruvchi resurslarni tejovchi, kompleks qayta ishlashning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
nitroligninning gidrolizlangan nitron bilan komplekslanishi uchun optimal sharoitlar aniqlangan, bu esa o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi «Roslin» va urug‘larni dorilovchi «Dorilin»  agrokimyoviy vositalarini ishlab chiqishga imkonni bergan;
suvda eriydigan nitrolignin va G. triacanthnos urug‘ining polisaxaridlari kompozisiyasi asosida o‘simlik o‘sishini tezlashtiruvchi yangi «Uglin» agrokimyoviy vositasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lignotsellyulozli chiqindilar asosida o‘simlik o‘sishini tezlashtiruvchi «Roslin», «Uglin» va urug‘larni dorilovchi «Dorilin» vositalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Dorilin» preparati uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP № 03644, 2008 y.). Ilmiy tadqiqotlar natijalari paxta, bug‘doy va sholi urug‘larini ekishdan oldin dorilash uchun yangi dorilovchi ishlab chiqishga imkon bergan;
«O‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi «Roslin» 10% li suvli eritma»– S 03535440-002:2020 tashkilot standarti ishlab chiqilgan va “O‘ZSTANDART AGENTLIGI” tomonidan ro‘yxatga olingan (ro‘yxatga olish raqami 112/0011229, 30.12.2020). Natijada, o‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini tezlashtiruvchi «Roslin» agrokimyoviy vositasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratgan;
«Dorilin 10% li suvli eritma »– S 03535440-08:2020 tashkilot standarti ishlab chiqilgan va “O‘ZSTANDART AGENTLIGI” tomonidan ro‘yxatga olingan (ro‘yxatga olish raqami 112/0011230, 30.12.2020). Ilmiy izlanishlar natijalari qishloq xo‘jaligiga o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi hamda paxta va g‘alla urug‘larini dorilash uchun fungisid sifatida ishlatiladigan kam zaxarli, xavfsiz agrokimyoviy vositani joriy etish imkonini bergan;
«O‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi «Uglin» 10% li suvli eritma» – S 03535440-041:2020 tashkilot standarti ishlab chiqilgan va “O‘ZSTANDART AGENTLIGI” tomonidan ro‘yxatga olingan (ro‘yxatga olish raqami 112/0011228, 30.12.2020). O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida A. leucostomum, T. alterniflora, G. glabra ligninlari va G. triacanthnos urug‘larining polisaxaridlari asosida o‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini tezlashtiruvchi  yangi vositani joriy etish imkoniyati yaratilgan;
«Roslin», «Dorilin», «Uglin» agrokimyo vositalarning biologik faolligi dala sharoitlarida paxta etishtirishda sinalgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi aktlari, 25.09.2018-y.). Tadqiqotlar natijasida, ishlab chiqilgan agrokimyoviy preparatlar hatto sho‘rlangan tuproq sharoitida ham samarali ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish