Nurillaev Xamza Kudaibergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi somatik frazemalarning lingvomadaniy tahlili», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1986.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Bekbergenov Qıdırbay Ayjariqovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi somatik komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi somatik frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish orqali ingliz va qoraqalpoq xalqlari mentalitetini chuqur anglash mumkinligi isbotlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi somatik frazemalarni alohida tadqiq qilish orqali ularning umumiy (insonning asosiy ehtiyojlari, his-tuyg‘ulari va harakatlari) va farqli belgilari (madaniy, tarixiy, tarkibiy, qo‘llanish jadalligi, assotsiativ ma’nolari) lingvomadaniy aspektda qiyosiy aniqlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi somatik frazeologik birliklarning leksik, strukturaviy va grammatik turlari asoslab berilgan, bunda ularning mazmuni, shakli va lingvistik xususiyatlari dalillangan;
tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik va kognitiv lingvistika aspektlarining integratsiyasi, fanlararo aloqasidan foydalanib, somatik frazeologik birliklar fenomeni hamda ularning barcha til sathlaridagi o‘rni har tomonlama ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi somatik frazeologizmlarning lingvomadaniy talqini bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
milliy urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi somatik frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish orqali ingliz va qoraqalpoq xalqlari mentalitetini chuqur anglash mumkinligi haqidagi xulosalar 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan “FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklori va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 4-oktyabrdagi 455/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni kengaytilgan, nazariy kurs va amaliy mashqlar, maxsus seminarlarni tashkil qilish imkoni yaratilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi somatik frazemalarni alohida tadqiq qilish orqali ularning umumiy va farqli belgilari lingvomadaniy aspektda qiyosiy o‘rganish hamda tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv lingvistika aspektlarining integratsiyasi, fanlararo aloqasidan foydalanib, somatik frazeologik birliklar fenomeni va ularning barcha til sathlaridagi o‘rni bilan bog‘liq natijalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Til baylıǵı – el baylıǵı” ko‘rsatuvi hamda Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Tilge itibar – elge itibar” eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 05-22/423-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologik birliklarning lingvomadaniy aspektdagi umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish imkoni yaratilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi somatik frazeologik birliklarning leksik, strukturaviy va grammatik turlari, ularning mazmuni, shakli va lingvistik xususiyatlari haqidagi xulosalardan “Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati” muzeyi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyining 2024-yil 30-sentyabrdagi 270-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey eksponatlarining ta’riflari ingliz va qoraqalpoq tillaridagi milliy tilga xos indikatorlar bilan boyitildi, shu bilan birga o‘tkaziladigan ekskursiya ssenariylarining matnlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.