Babajanov Allabergan Ruzimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er resurslarini kadastr baholashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 06.01.10- Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Qx271
Ilmiy maslahatchi: Turaev Ruhiddin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Kolmikov Andrey Vasilevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professori; Qurvantoev Rahmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Reimov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi, noqishloq xo‘jaligi er maydonlarini, shuningdek xususiylashtirishga jalb qilinadigan erlarini kadastr baholashning nazariy, uslubiy va huquqiy asoslarini rivojlantirish negizida bunday erlarni baholashning mavjud uslubiyatlarini takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, kadastr baholash jarayonida sug‘oriladigan erlarni suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab yopiq shkalali tuzatish koeffisientlari (0-10% da – 0,70; 11-20 – 0,72; 21-30 – 0,77; 31-40 – 0,80; 41-50 – 0,82; 51-60 – 0,87; 61-70 – 0,90; 71-80 – 0,92; 81-90 – 0,95; va 91-100% da – 1,00 Ks) taklif etilgan va real soliqqa tortish mexanizmi asoslangan;
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari xarakteriga to‘la mos holda noqishloq xo‘jaligi erlarini kadastr baholashning hamda uni davlat er kadastri tizimiga integrallashuvining ilmiy-uslubiy asoslari va mexanizmi ishlab chiqilgan;
xususiylashtirishga tortiladigan er uchastkalarini kadastr baholash mexanizmi taklif etilgan;
kadastr baholash ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish darajasini aniqlash va istiqbolda uni yaxshilash yo‘llari ishlab chiqilgan;
tuman qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirishda ularni kadastr baholash natijalarini qo‘llashning uslubiy asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er resurslarini kadastr baholashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Er resurslarini kadastr baholash uslubiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyanoma” tayyorlangan va Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 04/29-06/922-son ma’lumotnomasi). Natijada tumanning sug‘oriladi-gan qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi qishloq xo‘jaligi erlarida tarqalgan tuproqlar bonitetini haqqoniyligini oshirishda hamda sug‘oriladigan erlarni iqtisodiy (normativ) qiymatini bugungi sharoitga mos aniqlashda ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan;
“Er resurslarini kadastr baholashning huquqiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy- uslubiy tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 04/29-06/922-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi erlarida kadastr baholash ishlarini o‘tkazishning huquqiy mexanizmini aks ettiruvchi ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.
Dissertatsiya tarkibida tadqiq qilingan asosiy muammolar va ularning echimlari, xususan qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi erlarini kadastr baholash, xususiylashtirishga tortiladigan er uchastkalarini boshlang‘ich qiymatini aniqlash, shuningdek erlarni kadastr baholash natijalaridan foydalanish bo‘yicha barcha takomillashgan uslubiyatlar muallif tomonidan tayyorlangan yangi, “Er kadastri nazariyasi” darsligiga kiritilgan va bugungi kunda respublika oliy o‘quv yurtlarining “Er kadastri va er tuzish” hamda “Professional ta’lim (er kadastri va er tuzish)” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarining talabalariga o‘qitilmoqda (TIQXMMI MTU ning 2023-yil 6-avgustdagi dalolatnomasi). Natijada talabalar bugungi kunda yuritilayotgan davlat er kadastrining, jumladan qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi erlarini kadastr baholashning, shuningdek er baholash ma’lumotlaridan foydalanish asosida turli iqtisodiyot masalalarini hal qilish uslubiyatlari bo‘yicha malakali bilimga ega bo‘lishmoqda.