Raxmanov Baxodir Kushakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Nometall to‘qima tasma va arqonlardan tayyorlangan egiluvchan yuk ko‘tarish moslamalarining konstruksiyaviy xavfsizligini baholash va ularni favqulodda vaziyatlarda qo‘llashning alohida jihatlari” 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” tutash ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiya ishi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T728.
Ilmiy maslahatchi: texnika fanlari doktori, professor Razzakov Sobirjon Juraevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.-raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:
Madjidov Inomjon Urishevich – texnika fanlari doktori, professor, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori;
Qosimov Ibroxim Irkinovich – texnika fanlari doktori, professor, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, kafedra professori;
Nurmamatova Raxima Raxmanovna – texnika fanlari doktori, professor,  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi kafedra mudiri.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nometall to‘qima tasma va arqonlar  mexanik xususiyatlarini bashorat qilish va sifatini yaxshilashga qaratilgan, sintetik materiallarning fizik-mexanik xususiyatlari kompleksini aniqlashga ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
ilk bora deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarining deformatsiya jarayonida yuzaga keladigan strukturaviy jarayonlar bilan bog‘likligiga asoslangan sintetik tola va iplarning mexanik xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari va asosiy parametrlarini aniqlanishiga erishilgan;
polipropilen, poliamid tola, iplar, tasma va arqonlar deformatsiyalarining qaytarilmas (qoldiq) komponentining to‘planish qonuniyatlari hamda fizik-mexanik xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
elastik zanjirli polimerlardan olingan tola va iplar uchun keng harorat oralig‘idagi cho‘zilish qoldiq deformatsiyalari qiymatlarining eng maqbul variantlari ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo asosida PPFR 173H va FR 170H markali polipropilenni modifikatsiyalash, ya’ni melamin sianurat antipireni qo‘shimchasini 5% qo‘llash orqali kislorod indeksi 5,2% yoki undan yuqori darajaga oshirishi taklif etilayotgan namunadagi tasma va arqonning har qanday termik va issiqlikbardoshlilik xususiyatiga ega ekanligini o‘rganilgan. Melamin sinaurat qo‘shimchasining 15% qo‘shilganda polipropilenning mexanik xususiyatlarini pasayish ko‘rsatkichlari olingan va mohiyati asoslangan;   
oddiy relaksatsiya va oddiy sudraluvchanlik bo‘yicha qisqa muddatli tajribalar natijalari asosida yopishqoq-elastiklikni matematik modellashtirish asosida NTTA uchun polimer materiallarning deformatsiya – qayta tiklanish jarayonlari va teskari relaksatsiya jarayonlarini bashorat qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan;
qurilish-montaj va qutqaruv tashkillashtirish ishlaridagi ko‘tarish moslamalarini (sintetik tola, ip, tasma va arqonlar) yuk koʻtarish qobiliyatining yuqoriligi aniqlangan va favqulodda vaziyatlarda qo‘llashning alohida jihatlari hamda konstruksiyaviy xavfsizligi baholangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nometall to‘qima tasma va arqonlardan tayyorlangan egiluvchan yuk ko‘tarish moslamalarining konstruksiyaviy xavfsizligini baholash va ularni favqulodda vaziyatlarda qo‘llashning alohida jihatlari natijalari asosida:
Nazariy, eksperimental va amaliy tadqiqotlar natijasida (eksperimental indeksi NTTA PP) xavfsizlik koeffisienti 1:7 ni hisobga olgan holda, NTTAlardan yuk ko‘tarish qobiliyati bitta egiluvchan vantda 1 tonna bo‘lgan bir, ikki va to‘rt vant konturli yuk ko‘tarish moslamalari yaratilgan va Farg‘ona viloyati FVB yong‘in-texnik markaziga joriy etilgan (dalolatnoma, 25.10.2023 yil). Natijada ilk bora mahalliy nometall to‘qima tasma va arqonli yuk kutarish moslamalari favqulodda vaziyatlarda qutqaruvchilarining ish samaradorligini oshirish uchun tavsiya etilgan;
Farg‘ona shahridagi “426-sonli xo‘jaliklararo maxsus mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” MChJda amaliyotga joriy etilgan (dalolatnoma, (15.06.2023 yil.) va “O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi”ning 05.10.2023 yildagi №05/15-2003-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish-montaj va qutqaruv tashkillashtirish ishlarida taklif etilayotgan nometall ko‘tarish moslamalarining yuk koʻtarish qobiliyatining yuqoriligi aniqlangan;
Marg‘ilon bunyodkor ta’mir qurilish” MChJda amaliyotga joriy etilgan (dalolatnoma (04.07.2023 y.) va “O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi” ning 05.10.2023 yildagi 05/15-2003-sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan namunadagi tasma va arqonli yuk ko‘tarish moslamalaridan foydalangan holda favqulodda vaziyatlarda har qanday ko‘rinishdagi konstrukiyalar qoldiqlarini tozalash, insonlarni talofatsiz evakuatsiya qilish va boshqa jabhalarda ham keng ishlatish imkoniyatlari yuqori ekanligi asoslangan.
Quvasoy temirbeton ishlab-chiqarish korxonasida amaliyotga joriy etilgan (dalolatnoma (17.08.2023 y.) va “O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi” ning 05.10.2023 yildagi 05/15-2003-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo asosida PPFR 173H va FR 170H markali polipropilendan olingan sintetik multifilamentli iplardan tayyorlangan to‘qima tasmalarning mustahkamlik va cho‘zilish bo‘yicha ko‘rsatkichlari xorijiy analoglarga yaqin qiymatlarga ega ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish