Xalikov Ulugbek Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda fond bozori orqali investision faoliyatni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda fond bozori orqali investision faoliyatni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy stavka va moliyaviy instrumentlar daromadliligi o‘rtasidagi bog‘liqlik qimmatli qog‘ozlar daromadlilik egri chizig‘ida o‘z aksini topishini hisobga olgan holda, Markaziy bank obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik egri chizig‘i shakllantirish taklif qilingan;
xalqaro fond bozorlariga “yashil” evroobligatsiyalarni emissiya qilish orqali investisiyalarni jalb qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan;
Markaziy bankning 1 yilgacha muddatli obligatsiyalarini muomalaga chiqargan holda (tijorat banklari o‘rtasida joylashtirmasdan) Markaziy bank balansida saqlash va depozit auksionlarini teskari REPO auksioni ko‘rinishida tashkil etish taklif etilgan;
Xalqaro islom savdosini moliyalashtirish korporatsiyasidan islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun 10,0 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya liniyasini jalb etish taklif qilingan;
tijorat baklari o‘rtasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan SPOT operatsiyalarini uchinchi dastur ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda fond bozori orqali investision faoliyatni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asosiy stavka va moliyaviy instrumentlar daromadliligi o‘rtasidagi bog‘liqlik qimmatli qog‘ozlar daromadlilik egri chizig‘ida o‘z aksini topishini hisobga olgan holda, Markaziy bank obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik egri chizig‘i shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 25-iyuldagi 26/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosatining 2025-yil va 2026-2027-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 29-noyabrdagi 27-11/1349-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida daromadlilik egri chizig‘ining uzoq muddatli segmenti iqtisodiyotdagi qarz olish imkoniyatlari va investision faollikni baholash metodologiyasi takomillashtirilgan.
xalqaro fond bozorlariga “yashil” evroobligatsiyalarni emissiya qilish orqali investityalarni jalb qilish metodologiyasi oid taklif “Turonbank” ATB Kengashining 2022-yil 30-noyabrdagi K-85-sonli qarori bilan tasdiqlangan bankning 2023-yilga mo‘ljallangan biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2024-yil 2-dekabrdagi 19/03-426-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklari tomonidan xalqaro fond bozorlari orqali investityalarni jalb qilish metodologiyasi takomillashitilgan;
Markaziy bankning 1 yilgacha muddatli obligatsiyalarini muomalaga chiqargan holda (tijorat banklari o‘rtasida joylashtirmasdan) Markaziy bank balansida saqlash va depozit auksionlarini teskari REPO auksioni ko‘rinishida tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosatining 2025-yil va 2026-2027-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 29-noyabrdagi 27-11/1349-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Markaziy bank obligatsiyasini sotish yoki ikkilamchi REPO orqali mablag‘ jalb etish mexanizmi takomillashtirilgan;
Xalqaro islom savdosini moliyalashtirish korporatsiyasidan islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun 10,0 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya liniyasini jalb etish taklifi “Turonbank” ATB Kengashining 2022-yil 30-noyabrdagi
K-85-sonli qarori bilan tasdiqlangan bankning 2023-yilga mo‘ljallangan biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2024-yil
2-dekabrdagi 19/03-426-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yil holatiga ko‘ra “Turonbank” ATB tomonidan Xalqaro islom savdosini moliyalashtirish korporatsiyasining (ITFC) 10,0 mln. AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi jalb qilingan;
tijorat baklari o‘rtasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan SPOT operatsiyalarini uchinchi dastur ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish taklifi “Turonbank” ATB Kengashining 2022-yil 30-noyabrdagi K-85-sonli qarori bilan tasdiqlangan bankning 2023-yilga mo‘ljallangan biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2024-yil 2-dekabrdagi 19/03-426-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat baklari o‘rtasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan SPOT operatsiyalari amalga oshirish mexanizmi takomillashitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish