Qurbonov Dilshodjon Maxamadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sudga qadar ish yurituvida qonuniylikni ta’minlashni takomillashtirish”, 12.00.09 “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Yu1575
Ilmiy rahbar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Babaev Akmal Abdukarimovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sudga qadar ish yurituvi bosqichida qonuniylikni ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga etmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshirilishi, ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirishni amalga oshirayotganida keltirilishi lozim bo‘lgan voyaga etmagan shaxsning ota-onasini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) bilan tanishtirish zarurati asoslab berilgan;
majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs topilgan taqdirda, ichki ishlar organi xodimi unga majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni tanishtirib, tilxat olishi va mazkur qaror (ajrim)ni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga olib kelishi shartligi, bunda qaror (ajrim)ga shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt, shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog‘liq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozimligi asoslab berilgan;
jinoyat ishlarini yuritishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi, istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi bilan bog‘liq Konstitutsiyada belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarini buzilishi protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishi deb e’tirof etish zarurati asoslab berilgan;
tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish bir tergovga qadar tekshiruv organidan boshqasiga yoki surishtiruv, dastlabki tergov organiga yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv yoxud dastlabki tergov organiga yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoxud bir suddan boshqa sudga o‘tkazilganda ish bilan birga topshirilishi, shuningdek bu haqda har bir topshirilayotgan narsa bo‘yicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritilishi, belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishi mumkin emasligi asoslab berilgan;
surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarilayotganida unda to‘xtatilayotgan ish bo‘yicha olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyini belgilash, ushbu obektlar, maxsus saqlashga topshirilishi lozim bo‘lmasa, to‘xtatilgan jinoyat ishi surishtiruv yoki dastlabki tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshirilishi lozimligi asoslab berilgan.
jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan narsa va buyumlar talon-taroj bo‘lishi va boshqa tashqi ta’sirlarini oldini olish uchun ushbu narsalarni topshirilayotganda kamida 2 nafar xolis ishtirok etishi yoki ushbu jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga etmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshirilishi, ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirishni amalga oshirayotganida keltirilishi lozim bo‘lgan voyaga etmagan shaxsning ota-onasini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) bilan tanishtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risida nizom”ni 1-bobi 4-bandini ikkinchi xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktyabrdagi 12-15-85-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs topilgan taqdirda, ichki ishlar organi xodimi unga majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni tanishtirib, tilxat olishi va mazkur qaror (ajrim)ni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga olib kelishi shartligi, bunda qaror (ajrim)ga shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt, shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog‘liq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozimligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risida nizom”ni 2-bobi 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktyabrdagi 12-15-85-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
jinoyat ishlarini yuritishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi, istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi bilan bog‘liq Konstitutsiyada belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarini buzilishi protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishi deb e’tirof etish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyun kunidagi 16-son “Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorini 16-bandini uchinchi xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 29-sentyabr kunidagi 11/16-23 son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish bir tergovga qadar tekshiruv organidan boshqasiga yoki surishtiruv, dastlabki tergov organiga yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv yoxud dastlabki tergov organiga yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoxud bir suddan boshqa sudga o‘tkazilganda ish bilan birga topshirilishi, shuningdek bu haqda har bir topshirilayotgan narsa bo‘yicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritilishi, belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishi mumkin emasligini belgilash yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 21-oktyabrdagi “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qo‘shma qarorini 45-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 15-sentyabrdagi 28/1-111-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar hisobga olish, saqlash, berish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarilayotganida unda to‘xtatilayotgan ish bo‘yicha olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyini belgilash, ushbu obektlar, maxsus saqlashga topshirilishi lozim bo‘lmasa, to‘xtatilgan jinoyat ishi surishtiruv yoki dastlabki tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshirilishi lozimligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 21-oktyabrdagi “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qo‘shma qarorini 56-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 15-sentyabrdagi 28/1-111-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlash tartibini belgilashga xizmat qilgan.
narsalarni topshirilayotganda kamida 2 nafar xolis ishtirok etishi yoki ushbu jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 21-oktyabrdagi “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qo‘shma qarorini 63-bandini to‘rtinchi xatoshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 15-sentyabrdagi 28/1-111-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi sudga qadar ish yurituvida daliliy ashyolarni talon-taroj qilinishi va shu orqali qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish