Nuridullaev Asliddin Ahrorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonani ijaraga berish munosabatlarini fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 -“ Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Yu334.
Ilmiy rahbar: Choriev Murod Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01
Rasmiy opponentlar: Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor; Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kuldashev Nuriddin Abduganievich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi korxonani ijarga berish tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari, korxonani ijaraga berish shartnomasini tuzish va uni amalda qo‘llash hamda korxonani ijaraga berish munosabatlarini huquqiy tartibga solishdagi muammolar echimini topish hamda fuqarolik huquqi nazariyasini boyitishga oid ilmiy-nazariy xulosalar hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik yondashuvi asosida “korxonani ijaraga berish shartnomasi” tushunchasi “ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida faoliyat yuritib turgan butun korxonani yoki uning mustaqil faoliyat yurita oladigan bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladigan kelishuv” sifatida boyitilgan;
ijarachining ijaraga olingan er uchastkasida o‘z mablag‘lari va qarzga olgan mablag‘lari hisobidan qurilishning umumiy qoidalariga rioya qilgan holda zarur ishlab chiqarish va noishlab chiqarish binolari, shu jumladan uy-joy qurish huquqi shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerakligi va ayni paytda ijara shartnomasi tugatilgach, mazkur binolar va inshootlar kimga tegishli bo‘lishi qayd etib qo‘yilishi kerakligi asoslab berilgan;
ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va tugatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yilishi asoslantirilgan;
ijarachi muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va shartlarda tugatilishi, bunday holda ijarachining oila a’zolaridan biri ijara shartnomasi tuzishda ustun huquqqa ega bo‘lishi, ijarachi sodir etgan jinoyati uchun kelgusida shartnomani bajara olishiga imkon bo‘lmaydigan usulda jazolangan taqdirda ham ijara shartnomasi tugatilishi asoslab berilgan;
ijaraga beruvchi tomonidan ijara shartnomasining muddati tugashidan bir oy oldin ijaraga oluvchiga ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan taqdirda, ijara shartnomasining muddati kelgusi davr uchun uzaytirilmasligi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilishi lozimligi asoslantirilgan;
agar ijara shartnomasining muddati tugaganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida qaytadan tuzilgan deb hisoblanishi asoslab berilgan;
ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda, agar ijaraga oluvchi shartnoma muddatini uzaytirmaslik to‘g‘risida murojaat qilmagan bo‘lsa, ijara muddati navbatdagi muddatga uzaytirilgan deb hisoblanishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
“korxonani ijaraga berish munosabatlarini shartnomaviy-huquqiy tartibga solish”ga doir konseptual g‘oya va takliflar “Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash” mutaxassisligi tinglovchilari uchun tayyorlangan “Shartnoma huquqi” darsligi (III bob 7-§. Mulk ijarasining turlari)da o‘z ifodasini topgan (O‘R OO‘MTVning 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-1071-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, kursantlar, tinglovchilar, magistrantlar, o‘qituvchilar, shuningdek, fuqarolik huquqini qo‘llovchi amaliyot xodimlarining bilim, o‘quv va ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan;
ijaraga berish chog‘ida ijarachining ijaraga olingan er uchastkasida binolar va uy-joy qurish bilan bog‘liq mulkchilik munosabatlariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2024-yil 18-martdagi O‘RQ–922-son Qonunni 1-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan «Ijara to‘g‘risida»gi 427-XII-sonli Qonuni 9-moddasi, uchinchi qismiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 04/7-10-79-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijara shartnomasi tugatilgach, ijarachining ijaraga olingan er uchastkasida qurilgan binolar va inshootlar kimga tegishli bo‘lishligini aniq huquqiy tartibga solinishiga xizmat qilgan;
ijara shartnomasi shartlarini o‘zgartirish, uni bekor qilish va tugatishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2024-yil 18-martdagi O‘RQ–922-son Qonunni 1-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan «Ijara to‘g‘risida»gi 427-XII-sonli Qonuni 13-moddasi, birinchi qismiga o‘zgatirishlar kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 04/7-10-79-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishi, uning bekor qilinishi va tugatilishini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijarachining muomalaga layoqatsizligi va sodir etgan jinoyati uchun ijara shartnomasi shartlarini o‘zgarishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2024-yil 18-martdagi O‘RQ–922-son Qonunni 1-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan «Ijara to‘g‘risida»gi 427-XII-sonli Qonuni 13-moddasi, uchinchi qismiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 04/7-10-79-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijara shartnomasi tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlarni aniq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat mulkini ijaraga berish qoidalari to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tahliliy va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 19-sentyabrdagi 12-15-67-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijara shartnomasi taraflarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijara shartnomasining qaytadan tuzilganligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 24-bandi 1-xatboshisida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tahliliy va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 19 sentyabrdagi 12-15-67-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijara shartnomasi tuzish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijara shartnomasi muddatiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 24-bandi 2-xatboshisida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tahliliy va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 19 sentyabrdagi 12-15-67-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijara shartnomasini uzaytirish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishga xizmat qilgan.