Sayt test rejimida ishlamoqda

Kaniev Djamshid Maxmudovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Traktorlar gidrosistemasi taqsimlagichining membrana tipidagi o‘tkazib yuborish klapanini ishlab chiqish va ularning o‘lchamlarini asoslash», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T228.

Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.

Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor; Boboev Alijon  Madaminovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: traktorlar gidrosistemalarining  taqsimlagichidagi membranali o‘tkazib yuborish klapanining asosiy parametrlarini ishlab chiqish  va asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

zarbali to‘lqinni haydovchi kanali diametriga va suyuqlikning elastiklik moduliga bog‘liq holda tarqalish tezligini ifodalash  imkonini beruvchi, taqsimlagichning haydash kanalidagi gidravlik zarbani so‘ndirishning hisoblash usuli ishlab chiqilgan;

haydash kanalidagi bosimni, haydash kanali diametriga, devorning va suyuqlikning elastiklik modullariga bog‘liq holda aniqlaydigan analitik  bog‘liqligi ishlab chiqilgan;

haydash kanalidagi suyuqlikning zarbali to‘lqin impul`si, haydash kanali kundalang kesimining radiusi va zichligiga bog‘liq holda aniqlaydigan analitik bog‘liqligi ishlab chiqilgan;

membrananing teshiklarini ratsional soni uchun tenglama, teshiklarning orasidagi masofa va gidravlik zarbani so‘ndirish uchun membrananing qalinligi va teshiklarining parametrlari har xil bo‘lgan holda bosimni hisoblash uchun formula ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gidrosistemalarning taqsimlagichidagi o‘tkazib yuborish klapanining ishga yaroqliligi va uzoq muddatga chidamliliginioshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

traktorlar gidrosistemalarining taqsimlagichidagi o‘tkazib yuborish klapanining ishga yaroqliligi va uzoq muddatga chidamliligini oshirish usuli «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tasarrufidagi «Toshkent Qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi» AJda joriy etilgan («O‘zagrotexsanoatxolding» 2018 yil 16 yanvardagi 32/01-16-215-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasida membranili o‘tkazib yuborish klapanini qo‘llash gidrosistemadagi gidravlik zarbaning 25%gacha va ishchi suyuqlikning yo‘qotilishi 30%gacha  kamaytirish imkonini bergan;

traktorlar gidrosistemalarining ish resursini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan membranali o‘tkazib yuborish klapanining parametrlarini asoslash usuli «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tasarrufidagi «Toshkent Qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi» AJda joriy etilgan («O‘zagrotexsanoatxolding» 2018 yil 16 yanvardagi 32/01-16-215-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gidrosistemalarning ish resursi 1600 moto-soatdan 1900 moto-soatgacha oshirishga erishilgan;

yuqori bosimli gidrosistemalarining taqsimlagichidagi o‘tkazib yuborish klapanining ishonshliligi, ishga yaroqliligi va chidamliligini oshirish usuli «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tasarrufidagi «Toshkent Qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi» AJda ishlab chiqarilayotgan traktorlarning gidrosistemelarini takomillashtirishga joriy etilgan («O‘zagrotexsanoatxolding» 2018 yil 16 yanvardagi 32/01-16-215-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida membranali o‘tkazib yuborish klapanining qo‘llanilishi sistemaning buzilishlar sonini 30%gacha kamaytirish, gidrosistemaning ishga yaroqliligini 25%gacha oshirish, o‘tkazib yuborish klapanning qayishib qolish sonini 20%gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish