Toxirov Murodjon Ixtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori molekulyar massali termoreaktiv fenol-formal`degid oligomerlarining sintez qilish sharoitlarini ularning fizik-kimyoviy va texnologik xossalariga ta’siri», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4594.
Ilmiy rahbar: Alimuxamedov Muzafar Ganievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc. 03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Madiev Ruslan Xaitkulovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universitetit.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori molekulyar massali termoreaktiv fenol- formal`degid oligomerlar va ular asosida press materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1:1,1 mol/mol nisbatida adipin kislota va alifatik diglikollarning polikondensatsiyalanish sharoitlari aniqlanib, yuqori molekulyar massali (MM=10 000 g/mol) rezol tipidagi fenol-formal`degid oligomerlari uchun monomerlar bo‘lishligi asoslangan;
fenol va formal`degidning 1:1,5 mol/mol nisbatdagi yuqori molekulyar massali termoreaktiv fenol-formal`degid oligomerlar olish uchun maqbul nisbat ekanligi isbotlangan;
oligomer qovushqoqligi, Ubbelode bo‘yicha tomchi tushish harorati, o‘rtacha va vazniy molekulyar massasi ortishi dietilenglikol-adipinatolning ikki tomoniga fenol spirtlar kimyoviy bog‘lanishi bilan asoslangan;
sintez qilingan yuqori molekulyar massali termoreaktiv fenol-formal`degid oligomerlarining qovushqoqlik bo‘yicha molekulyar massasi aniqlanib, bu tizimlar uchun Mark-Xuvink-Kun tenglamasining koeffisientlari K=1,0532 va α=0,103 teng ekanligi asoslangan;
yuqori molekulyar massali termoreaktiv fenol-formal`degid oligomerlar va ular asosida issiqbardosh elektr buyumlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori molekulyar massali termoreaktiv fenol- formal`degid oligomerlar va ular asosida press materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish natijasida:
FAVMFFO-1/80 yuqori molekulyar massali termoreaktiv fenol-formal`degid oligomeri olish texnologiyasi «Akmal Umid Baraka» MChJning «2025-2026 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Uzeltexsanoat» uyushmasining 2024 yil 19 iyuldagi  04-3/1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, PPFAVMFFO-1/80B markali polimer kompozisiya asosi - import PF2A2-131 markali oligomerni to‘liq almashtirish ikmonini beradi;
PPFAVMFFO-1/80B markali polimer kompozisiya olish texnologiyasi «Akmal Umid Baraka» MChJning «2025-2026 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Uzeltexsanoat» uyushmasining 2024 yil 19 iyuldagi  04-3/1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada issiqbardosh elektr buyulari ishlab chiqarish va import qilinuvchi mahsulotlarni maxalliylashtirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish