Abdieva Firuza Iskandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoat chiqindilarini kimyoviy qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish (Qo‘ng‘irot soda zavodi misolida)», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3231.
Ilmiy rahbar: Nabiev Abduraxim Abduxamidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Mamajonov Zokirjon Nematjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qo‘ng‘irot soda zavodi kalsilangan soda ishlab chiqarishda ajralib chiqayotgan distiller suyuqlikdan kalsiy peroksid olish, suyuqlikni koagulyant orqali tozalash hamda kimyoviy qayta ishlashning samarador texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qo‘ng‘irot soda zavod chiqindi suvi (distiller suyuqligini) ion almashinish xromatografiyasiyasi orqali tozalashni ilmiy asoslari o‘rganilib bu usulda chiqindi suvini tozalash iqtisodiy samarador emasligi aniqlangan;
ilk bor Qo‘ng‘irot soda zavod chiqindi suvi, distiller suyuqligini vodorod peroksid bilan kimyoviy qayta ishlash natijasida kalsiy peroksid olingan;
ilk bor distiller suyuqligi koagulyasiya jarayoni orqali tozalashni samarador konsentratsiyasi aniqlangan va koagulyasiyadan o‘tkazilgan suvni tozalik darajasi Qo‘ng‘irot soda zavod texnik ko‘rsatkichiga muvofiqligi asoslangan;
Qo‘ng‘irot soda zavod chiqindi suvi, distiller suyuqligini vodorod peroksid va ammiak bilan kimyoviy qayta ishlash natijasida kalsiy peroksid olish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
Qo‘ng‘irot soda zavod chiqindi suvi, distiller suyuqligini vodorod peroksid va ammiak bilan kimyoviy qayta ishlash natijasida olingan kalsiy peroksidni sellyulozani oqartirish sanoat texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘ng‘irot soda zavod atrofidagi ekologik muhitni yaxshilash uchun kuchli ishqoriy muhitga ega bo‘lgan distiller suyuqligini qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kalsilatsiyalangan soda ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan suyuq chiqindisini koagulyasion tozalash usuli “Qo‘ng‘irot soda zavod” MChJ QK ning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ QKning 2024 yil 23 avgustda 537-16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, distiller suyuqligi koagulyasiya jarayoni orqali tozalashni samarador konsentratsiyasi aniqlash va koagulyasiyadan o‘tkazilgan suvni tozalik darajasi Qo‘ng‘irot soda zavodi texnik ko‘rsatkichiga muvofiq kelishi va distiller suyuqligini tozalash imkonini beradi;
kalsilatsiyalangan soda ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan suyuq chiqindisiga vodorod peroksid qo‘shish natijasida kalsiy peroksid olish tehnologiyasi “Qo‘ng‘irot soda zavod” MChJ QKning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ QKning 2024 yil 23 avgustda 537-16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, distiller suyuqligi vodorod peroksid va ammiak bilan kimyoviy qayta ishlab kalsiy peroksid olish imkonini beradi.