Abdullaev Abdumannon Xoldorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir asosli yuqori xromli metall kukunidan eyilishbardosh qoplama olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD/T4655.
Ilmiy rahbar: Berdiev Dorob Muratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Karshiev Mamarayim, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir asosli yuqori xromli metall kukunidan eyilishbardosh qoplama olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida temir asosli yuqori xromli metall kukunidan eyilishbardosh qoplamani samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
xrom elementining mexanik xossalariga ta’siri asosida plug lemexining ishchi qismlari eyilishbardoshliligini talab darajasini ta’minlovchi kukunning optimal kimyoviy tarkibi ishlab chiqilgan;
qoplama qatlamining qalinligiga bog‘liqlik darajasi asosida plug lemexi ishchi qismlarining eyilish qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlangan;
qoplamani g‘ovaklik darajasini kamaytirish asosida plug lemexining xizmat muddatini 1,7-1,8 martaga oshiruvchi metall kukunidan eyilishbardosh qoplama qoplash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir asosli yuqori xromli metall kukunidan eyilishbardosh qoplama olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida temir asosli yuqori xromli metall kukunidan eyilishbardosh qoplamani samarali tarkibi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning ilmiy texnologik markazida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2024 yil 15 avgustdagi 01/115-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, erga ishlov beruvchi plug lemexining xizmat muddatini 1,7-1,8 martaga oshirish imkonini bergan;
erga ishlov beruvchi plug lemexining ishchi yuzasiga kukun qorishmasidan qoplama olish texnologik rejimi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ ning ilmiy texnologik markazida joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2024 yil 15 avgustdagi 01/115-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, erga ishlov beruvchi plug lemexining ishchi yuzalarini eyilishbardoshliligini 50-60% gacha oshirish imkonini bergan;
erga ishlov beruvchi plug lemexining ishchi yuzasiga temir asosli yuqori xrom kukunidan eyilishbardosh qoplama qoplash texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning ilmiy texnologik markazida joriy qilingan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2024 yil 15 avgustdagi 01/115-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, erga ishlov beruvchi plug lemexining ehtiyot qismlarini tayyorlash uchun ketadigan kapital xarajatlar sarfini 30-35% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish