Jo‘raev Behzod Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Turizm kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2201
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Zayniev Farxod Nuritdinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik kompaniyalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm kompaniyalarining faoliyat samaradorligining foyda benchmarkingi, kompaniya moliyaviy mustaqilligi, investision jozibadorlik benchmarkingi kabi birlamchi mezonlari asosida moliyaviy barqarorlikni baholash va barqarorlik integral ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va 28 ta turizm kompaniyalarining innovatsion reyting shakllantirilgan;
turizm kompaniyalarining mehmonxonalar va hostellarni qurishini davlat tomonidan subsidiyalar asosida jadal rag‘batlantirib borilishi mehmonxonalar RevPAR ko‘rsatkichining o‘sishiga olib kelishi asoslangan;
turizm kompaniyalari moliyaviy ko‘rsatkichlarida korrelyasion-regression tahlilini o‘tkazish orqali barqarorlik ko‘rsatkichlarining kompaniya moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichiga ta’sirining empirik modeli ishlab chiqilgan;
davlat xususiy sherikchilikni, turistik klasterlar tizimini yo‘lga qo‘yish, hamda soliq imtiyozlari vositasida davlat tomonidan turizm kompaniyalar moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsion yo‘nalishlarni tizimlashtirish, ular moliyaviy barqarorligini ta’minlashning muhim mezoni ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm kompaniyalarining faoliyat samaradorligining foyda benchmarkingi, kompaniya moliyaviy mustaqilligi, investision jozibadorlik benchmarkingi kabi birlamchi mezonlari asosida moliyaviy barqarorlikni baholash va barqarorlik integral ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va 28 ta turizm kompaniyalarining innovatsion reytingga doir taklifi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi 03-10-17-589-sonli dalolatnomasi). Natijada, turizm sub’ektlari faoliyat samaradorligining birlamchi mezonlari, xususan foyda benchmarkingi, kompaniya moliyaviy mustaqilligi, kompaniya likvidligi, investision jozibadorlik benchmarkingi, kompaniya faoliyati davomiyligi benchmarkingi, malakali xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kompaniya malakali xodimlarni jalb qila olish salohiyati ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda kompaniyaning barqarorlik integral ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan, hamda mazkur innovatsion ko‘rsatkichni 28 ta turizm kompaniyalarining moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichi tahlili asosida turizm kompaniyalari moliyaviy barqarorligi darajasini baholash imkoniyatini beruvchi innovatsion reyting ishlab chiqilgan;
turizm kompaniyalarining mehmonxonalar va hostellarni qurishini davlat tomonidan subsidiyalar asosida jadal rag‘batlantirib borilishi mehmonxonalar RevPAR ko‘rsatkichining o‘sishiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan maqsadga erishishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi 03-10-17-589-sonli dalolatnomasi). Natijada, turizm kompaniyalarining mehmonxonalar va hostellarni qurishini davlat tomonidan rag‘batlantirish asosida mehmonxonalar o‘rtacha RevPAR ko‘rsatkichining 0,46 marta o‘sishiga olib kelingan;
turizm kompaniyalari moliyaviy ko‘rsatkichlarida korrelyasion-regression tahlilini o‘tkazish orqali barqarorlik ko‘rsatkichlarining kompaniya moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichiga ta’sirining empirik modeliga doir taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi 03-10-17-589-sonli dalolatnomasi). Natijada foyda benchmarkingi ko‘rsatkichini bir birlikga o‘sishi moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichining 0,201 birlikka oshishiga, kompaniya moliyaviy mustaqilligi koeffisientining bir birlik oshishi moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichining 0,189 birlikka oshishiga, korxona likvidliligi ko‘rsatkichining bir birlik oshishi moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichining 0,18 birlikga oshishiga, investision jozibadorlik benchmarkingining bir birlikka oshishi 0,198 birlikka oshishiga, korxona faoliyati davomiyligi benchmarkingini bir birlik oshishi moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichini 0,09 ga oshishiga, malakali xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasining bir birlikka oshishi moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichining 0,221 birlikka oshishini ifodalaydigan Y=a_0+a_1 X_1+a_2 X_2+a_3 X_3+⋯+a_n X_n+e regressiya tenglamasi shakllantirilgan;
davlat xususiy sherikchilikni, turistik klasterlar tizimini yo‘lga qo‘yish, hamda soliq imtiyozlari vositasida davlat tomonidan turizm kompaniyalar moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsion yo‘nalishlarni tizimlashtirish, ular moliyaviy barqarorligini ta’minlashning muhim mezoniga doir taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi kologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-apreldagi 03-10-17-589-sonli dalolatnomasi). Natijada, turistik kompaniyalar moliyaviy barqarorligiga xavf soluvchi risklarning ta’sirini kamaytirishga, xarajatlarni optimallashtirilishi orqali samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish