Toshtemirov Abdurasul Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ba’zi d-metallarning 1,10-fenantrolin va atsidoligandlar bilan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishlari va ularning tadqiqi», 02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K866.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Aziz Baxtiyorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmonova Dilnoza Salamovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi d-metallarning 1,10-fenantrolin va atsidoligandlar bilan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi, tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Cu (II), Ni (II), Zn (II) va Cd (II) ionlarining 1,10-fenantrolin va atsidoligandlar bilan 7 ta yangi aralash ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan va ularning monokristallari olingan;
Cu (II) ionining aralash ligandli [Cu(C12H8N2)(C6H5CONHO)·NO3]·H2O tarkibli monoyadroli kompleks birikmasida benzgidroksam anioni va 1,10-fenantrolinning bidentat koordinatsiyalanishi rentgen tuzilish tahlil usuli yordamida isbotlangan;
sintez qilingan monoyadroli aralash ligandli [Cu(Phen)(HSO4)2·2H2O] tarkibli kompleks birikmada Yan-Teller effekti kuzatilishi aniqlangan;
CPCM (o‘tkazuvchilarga o‘xshash qutblanuvchan muhit modeli) usuli yordamida [Cu(C12H8N2)(C6H5CONHO)·NO3]·H2O tarkibli kompleks birikma termodinamik parametrlarining erituvchilar ta’sirida o‘zgarishlari aniqlangan;
sintez qilingan komplekslarda CrystalExplorer dasturida Hirshfeld sirt tahlili asosida H…H, O…H/H…O,  H…C/C…H, Cl…H/H…Cl va boshqa o‘zaro ta’sirlarining asosiy qismini tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1,10-fenantrolin va atsidoligandlar hamda d-metallar ishtirokida olingan yangi kompleks birikmalar kristall tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Cu(Phen)2(BA)·NO3]·H2O, [Cu(Phen)(HSO4)2·H2O], [ZnCl4]2-[C12H10N2]2+, [Cu(Phen)2(NO3)]+[MA·NO3]-, [Cd(Phen)2(acetate)2](Ch3COOH)2(H2O)2], [Cu(Phen)2·Br]+[Br·Ft·H2O]- va [Ni(Phen)·Cl·(H2O)3]·Cl·H2O tarkibli yangi sintez qilingan komplekslarning molekulyar va kristall tuzilishi haqidagi ma’lumotlari Kembrij kristallografik ma’lumotlar markazi (CCDC-Cambridge Crystallographic Data Centre) da 2949812, 2949813, 2949814, 2946318, 2377381, 239261 va 2392977) raqamlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar haqidagi taqdim etilgan ma’lumotlar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda va ularning tuzilishini tavsiflashda foydalanish imkonini yaratgan;
1,10-fenantrolin, benzgidroksam kislotasining Cu(II) kompleks birikmasi hamda 1,10-fenantrolinning  rux (II) kompleks birikmalari 0,02% li eritmasi “NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalovchi vositalarga qo‘shimchlar sifatida amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining 2024 yil 25 noyabrdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali dezinfeksiyalovchi vositalar olish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish