Sa’dullaev G‘ayratjon Abdujabbor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsning axborot xavfsizligiga tajovuz qiluvchi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”; “12.00.15 –Kriminologiya (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu986.
Ilmiy rahbar: Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor; Toshpulatov Akrom Ikromovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsning axborot xavfsizligiga tajovuz qiluvchi jinoyatlarga qarshi kurashish va ularni oldini olishga qaratilgan jinoyat-huquqiy va kriminologik choralarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ichki ishlar organlarining axborot tizimlarida shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash bo‘yicha dasturiy ta’minot yaratilishi va joriy qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni mavjud tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda belgilangan axborot xavfsizligi vositalaridan foydalanish lozimligi asoslantirilgan;
shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdid tushunchasi bilan bog‘liq ta’rifni normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirish lozimligi asoslantirilgan;
shaxsning axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashishda kadrlar etishmovchiligini bartaraf etish uchun mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsning axborot xavfsizligiga tajovuz qiluvchi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ichki ishlar organlarining axborot tizimlarida shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash bo‘yicha dasturiy ta’minot yaratilishi va joriy qilinishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 645-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi”ning 22-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-oktyabrdagi 12-15-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlari ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini maxsus dasturiy ta’minot asosida ta’minlash hamda ushbu himoyalash vositalarini barcha tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida ishga tushirilishiga xizmat qilgan;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni mavjud tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda belgilangan axborot xavfsizligi vositalaridan foydalanishiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi “Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risida”gi Nizomning 14-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-oktyabrdagi 12-15-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi tegishli davlat organlari, shu jumladan ichki ishlar organlari faoliyatida shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdid qiluvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qilgan;
shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdid tushunchasi bilan bog‘liq ta’rifni normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirish lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi “Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risida”gi Nizomning 14-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-oktyabrdagi 12-15-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, fuqarolarning huquqlari muhofaza qilinishini ta’minlash, shuningdek huquqiy bo‘shliqni bartaraf etishga xizmat qilgan;
shaxsning axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashishda kadrlar etishmovchiligini bartaraf etish uchun mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 29-avgustdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tajriba sifatida tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil
19-iyundagi 2/2-1061-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi kelgusida ichki ishlar organlarida axborot texnologiyalari sohasida professional kadrlar zaxirasini shakllantirishga hizmat qiladi.