Xamraev Nodirbek Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoati korxonalarida investisiya salohiyatini boshqarishni takomillashtish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4250.
Ilmiy rahbari: Saidov Mashal Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Metyakubov Azamat Djumanazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoati korxonalarida investisiya salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «korxonaning investision salohiyatini boshqarish» tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona iqtisodiy faoliyatini ilmiy, texnik, sanoat, texnologik, ma’muriy va boshqa sohalarda boshqaruv funksiyalari va tamoyillariga asoslangan holda tashkil etishda korxonaning faoliyat samaradorligi va rivojlanishini belgilovchi muhim omil sifatida tahlil qilinayotgan obektning amaldagi rivojlanishi bo‘yicha tahliliy ko‘rsatkichlarni baholash mezonlari tizimi jihatidan takomillashtirilgan;
hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan tayyor iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi hududiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish uning tarkibiga ishchi va xodimlar xavfsizligini sug‘urtalash tizimini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
investision salohiyatni boshqarishda oziq-ovqat sanoati korxonalarining ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat va innovatsion salohiyatlarini integral baholash bo‘yicha «juda yuqori» (1,2 ≤ INVo), «yuqori» (1,02 ≤ INVo ˂ 1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ INVo ˂ 1,02), «xavfli» (0,3 ≤ INVo ˂ 0,55) va «yuqori xavfli» (0 ≤ INVo ˂ 0,3) koeffisient chegaralari doirasida baholash asoslangan;
Qashqadaryo viloyati oziq-ovqat sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda investision salohiyatni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati korxonalarini boshqarishda investision salohiyatni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «korxonaning investision salohiyatini boshqarish» tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona iqtisodiy faoliyatini ilmiy, texnik, sanoat, texnologik, ma’muriy va boshqa sohalarda boshqaruv funksiyalari va tamoyillariga asoslangan holda tashkil etishda korxonaning faoliyat samaradorligi va rivojlanishini belgilovchi muhim omil sifatida tahlil qilinayotgan ob’ektning amaldagi rivojlanishi bo‘yicha tahliliy ko‘rsatkichlarni baholash mezonlari tizimi jihatidan takomillashtirilgan taklifi, O‘zbekistan Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 03-14-01543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishini statistik tahlil qilish natijalari samarasining 1,9 foizga oshishiga olib kelgan;
hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan tayyor iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi hududiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish uning tarkibiga ishchi va xodimlar xavfsizligini sug‘urtalash tizimini tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 03-14-01543-sonli ma’lumotnomasi).. Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalari investision salohiyati holati va resurslar qo‘shimcha o‘sish sur’atining iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari aniqlilik darajasining 1,4 baravarga oshishiga erishilgan;
investision salohiyatni boshqarishda oziq-ovqat sanoati korxonalarining ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat va innovatsion salohiyatlarini integral baholash bo‘yicha «juda yuqori» (1,2 ≤ INVo), «yuqori» (1,02 ≤ INVo ˂ 1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ INVo ˂ 1,02), «xavfli» (0,3 ≤ INVo ˂ 0,55) va «yuqori xavfli» (0 ≤ INVo ˂ 0,3) koeffisient chegaralari doirasida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 03-14-01543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati oziq-ovqat sanoati uyushmasi hududiy boshqarmasi tomonidan oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatiga joriy etilgan va oziq-ovqat sanoati korxonalari investision salohiyatini samarali boshqarish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 12,4 foizga oshishiga erishilgan;
Qashqadaryo viloyati oziq-ovqat sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda investision salohiyatni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 03-14-01543-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatidagi «Aziya golden oyl» MChJ va «Murodov Murodulla Ramazonovich» XK ning investision samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning uzoq muddatli istiqboldagi asosiy faoliyat parametrlari bilan muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.