Begimqulova Shaxnoza Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi):
“Afg‘on-amerika adibalari ijodida milliy va umuminsoniy tamoyillar talqini” 10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/Fil4826.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, professor; To‘raeva Bahor Bahriddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi afg‘on-amerika multikulturalizm adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda milliy va umuminsoniy tamoyillarni Faruka Gavhariy, Nilufar Pazira, Maryam Qudrat Asil va Saima Vahob asarlari misolida ilmiy-tahliliy va nazariy umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
afg‘on-amerika adabiyoti adib va adibalari o‘zaro tarixiy-qiyosiy metodda taqqoslanganda ayol yozuvchilar ijodida mohiyatga yondashuvda erkak yozuvchilardan farqli personajlarning ichki monologlari, kechinmalari, hissiyotlari va voqealarga munosabatlari muallif rivoyachi tilidan keltirilishi badiiy-konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Faruka Gavhariy, Maryam Qudrat Asil, Nilufar Pazira va Saima Vahob romanlarida muallif biografiyasi, badiiy mahorat va yozuvchi uslubi muammolari badiiylik mezonlari asosida dalillangan;
afg‘on-amerika adabiyotidagi milliy va umuminsoniy g‘oyalar umumiyligi va differensiatsiyasi nuqtai nazaridan multikulturalizm adabiyoti qonuniyatlarining izchil tadqiqi natijasida mazkur adabiyoting muhim xususiyatlari ochib berilgan;
afg‘on-amerika adibalari ijodida milliy o‘zlikni ta’kidlash masalasida inglizcha matndagi arab, turk, fors, doriy tillariga mansub realiyalarning maishiy, etnografik, ijtimoiy va naturalistik turlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyo adabiyotshunosligida madaniyatlararo va tillar to‘qnashuvi, turli makon va zamon mutanosibligi zamirida shakllanayotgan afg‘on-amerika adabiyotining badiiy tafakkur bosqichma-bosqich vujudga keltirgan ijtimoiy-psixologik omillarni tarixiy-madaniy, tarixiy-qiyosiy, biografik metod tamoyillar asosida tahlil etish zamonaviy adabiyotshunoslikning muhim vazifasi ekanligi keltirilgan hamda badiiy matnda har xil turdagi realiyalar madaniyat elchisi sifatida berilganligi haqidagi nazariy qarashlari asosida:
afg‘on-amerika adabiyotining badiiy tafakkur bosqichma-bosqich vujudga keltirgan ijtimoiy-psixologik omillarni tarixiy-madaniy, tarixiy-qiyosiy, biografik metod tamoyillar asosida tahlil etish zamonaviy adabiyotshunoslikning muhim vazifasi ekanligi keltirilgan hamda badiiy matnda har xil turdagi realiyalar madaniyat elchisi sifatida berilganligi haqidagi nazariy qarashlardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqiot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 22-apreldagi 178-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tahlilga tortilgan asarlar ingliz tilida bo‘lsada, afg‘on, doriy va arab so‘zlarining qo‘llanilishi multikulturalizm adabiyotining nazariy tamoyili ekanligi, til va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi afg‘onlarga xos milliy madaniyatning shakllantirlishi, sharqona urf-odatlar keltirilishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy ma’lumotlar mukammallashtirilgan;
afg‘on-amerika adibalarining asarlarida multikulturalizm an’analari asosida tarix haqiqatini badiiyat hosilasiga aylantirish, yozuvchilarning obrazli tafakkuri asosida Afg‘onistondagi ijtimoiy hayot tarzining haqqoniy ifodasi adabiiy-estetik kasb etilishiga doir ilmiy-nazariy qarashlar tahlili asosida O‘zbekiston Davlat jaxon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi tomonoidan 2020-2022 yillarda “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilgan "English as a school subject" (1683580) nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida samarali foydalanilgan (Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6 maydagi 01/1656-sonli ma’lumotnomasi). Natijada afg‘on-amerika adibalari ijodidagi o‘ziga xoslikni tarjima qilingan afg‘on adabiyoti asarlaridan farqli ravishda qiyosiy-tipologik tahlil etish imkoniyatini berdi;
tillar va madaniyatlararo to‘qnashuv, biografik metod tamoyillari, zamon va makon mutanosibligi va multikulturalizm adabiyotida millatlar va an’analardagi mushtaraklik hamda o‘ziga xoslikni belgilaydi hamda nazariy xulosalardan foydalanilgan holda badiiy asar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2024-yil 13-sentyabrdagi 01-03/813-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Saima Vahob, Maryam Qudrat Asil, Faruka Gavhariy va Nilufar Pazira asarlarida shakliy ixchamlik, falsafiy mushohadaning teranligi, mantiqiy izchillik kabi nazariy qonuniyatlarni aniqlashga xizmat qilgan.