Kadirova Nargiza Rashitovna
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining konsullik xizmati faoliyatini tashkiliy-huquqiy ta’minlanishi: xalqaro-huquqiy jihatlari” 12.00.10 – Xalqaro huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1492.
Ilmiy rahbar: Xamedov Isa Ahlimanovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor, Yuldasheva Govxerjan, yuridik fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Dissertatsiya ishi rus tilida tayorlangan.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lib zamonaviy sharoitlarda O‘zbekiston Respublikasi konsullik xizmati faoliyatini ta’minlashning xalqaro-huquqiy va tashkiliy jihatlarini tahlil qilish orqali takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga ushlab turilgan, qamoqqa olingan, hukm qilingan yoki bedarak yo‘qolgan fuqarolarga nisbatan konsullik vazifalarini belgilaydigan 23-moddani kiritish taklif etildi.
"O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi" loyihasini (qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha idoraviy ekspert guruhi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oliy Majlisiga kiritilgan hamda konsullik ustavini qabul qilishda inobatga olingan takliflar) va "O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini (qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha idoraviy ekspert guruhi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Senatiga kiritilgan ekspert takliflari) tayyorlashda;
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini "O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va sudlarining topshiriqlarini bajarishga nisbatan konsullik funksiyalari" deb nomlangan 24-modda bilan to‘ldirish zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va vakolatli vakolatxonalari rahbarlariga ular joylashgan mamlakatda o‘z xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoiy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish vakolatini berish taklifi asoslantirilgan;
Jinoyat-protsessual kodeksini tegishli mamlakatlarning konsullik muassasalarini ularning fuqarolariga nisbatan tergov harakatlarini o‘tkazishda majburiy xabardor qilishni nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirish, shuningdek konsullik mansabdor shaxslariga o‘z funksiyalarini to‘sqinliksiz amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligi asoslantirilgan;
konsullik funksiyalarini amalga oshirishda faxriy konsullarning vazifalarini tartibga soluvchi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga Fakultativ protokol loyihasi ishlab chiqildi;
konsullik funksiyalarini bajarishda zamonaviy ijtimoiy, axborot, kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etilgan;
"O‘zbekiston Respublikasi faxriy konsullari assotsiatsiyasi"ni ta’sis etishning dolzarbligi va uning FICAC Butunjahon konsullar federatsiyasiga a’zo bo‘lish istiqbollari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya tadqiqoti natijalari bo‘yicha xulosa, taklif va tavsiyalardan quyidagilarda foydalanilgan:
"O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi"ning 23-moddasiga (ikkinchi qismiga) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha idoraviy ekspert guruhi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oliy Majlisiga kiritilgan va konsullik ustavini qabul qilishda inobatga olingan takliflar asosida, ushbu Ustav loyihasini tayyorlashda quyidagi qoida foydalanildi: "Konsullik mansabdor shaxslari ushlab turilgan, qamoqqa olingan, hukm qilingan yoki bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlariga rioya etilishini nazorat qilishi, shuningdek, xalqaro me’yorlar va konsullik joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq ularni himoya qilish choralarini ko‘rishi shart". (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 12.02.2025-yildagi 3/dn-21-sonli xati). Ilmiy natijalar fuqarolarning huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi;
24-moddaga o‘zgartirishlar kiritish va ko‘rib chiqishda quyidagi takliflardan foydalanilgan. "O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi"ning "O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va sudlarining topshiriqlarini bajarish bo‘yicha konsullik vazifalari" qismiga ko‘ra, konsullik mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va sudlarining mamlakat fuqarolariga nisbatan topshiriqlarini xalqaro shartnomalarga muvofiq bajaradilar. Bunday shartnomalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, topshiriqlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga zid bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu qoidalardan mazkur Ustav loyihasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 12.02.2025-yildagi 3/dn-21-sonli xati). Dissertatsiya natijalari konsullik xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
"O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunning 38-moddasiga kiritilgan O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlariga diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari hududida sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish huquqini berish, shuningdek, chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida asossiz ushlab turilishidan himoya qilish kafolatlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalarni takomillashtirishda tadqiqotning tavsiyalari o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 12.12.2024-yildagi 3/08-249-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasida tegishli davlatlarning konsullik muassasalarini ularning fuqarolariga nisbatan tergov harakatlarini o‘tkazishda albatta xabardor qilish, shuningdek konsullik mansabdor shaxslariga o‘z funksiyalarini to‘sqinliksiz amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishda ham foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 12.12.2024-yildagi 3/08-249-son xati). Ushbu tavsiyalar jinoyat protsessida chet el fuqarolarining huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, ularni himoya qilish darajasini oshirish va 1963 yilgi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi doirasidagi mamlakatning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi;
tadqiqotning tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida foydalanish uchun "O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsuli to‘g‘risidagi nizom" loyihasini tayyorlashda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Huquqiy siyosat va qonunchilik institutining 12.12.2024-yildagi 09/1-7/329-son xati);
"Faxriy konsullar to‘g‘risida"gi Fakultativ bayonnoma loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 12-dekabrdagi 3/08-249-son xati);
"FICAC" Butunjahon konsullar federatsiyasiga a’zo bo‘lish istiqboli bilan "O‘zbekiston Respublikasi faxriy konsullari assotsiatsiyasi"ni ta’sis etish taklif etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Huquqiy siyosat va qonunchilik institutining 2024-yil 12-dekabrdagi 09/1-7/329-son xati).