Juraev Baxodir Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka kovlagichning elaklash ishchi organini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T.4935_______      
Ilmiy rahbar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Fazliddin O‘rinovich, texnika fanlari doktori, professor; Irgashev Dilmurod Begmurodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshka kovlash mashinasining elaklash ishshi organini texnik jihatdan takomillashtirish va parametrlarini asoslash orqali kartoshka yig‘ishtirish texnologik jarayonining samarasini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elaklash ishshi organi elastik shiviqli intensifikator bilan takomillashtirilgan kartoshkani yig‘ishtirib olish mashinasi ishlab shiqilgan;
elaklash ishshi organi elastik shiviqli intensifikator bilan takomillashtirilgan kartoshka kovlagishning konstruksiyasi, ishshi qismlarining o‘zaro joylashishi kartoshkani shikastlamasdan, minimal energiya sarf qilib, tuproq palaxsasini jadal parshalash orqali asoslangan;
intensifikator yetakshi yulduzshasi diametri, elastik shiviqlar soni va diametri kartoshka-tuproq massasidan kartoshkani shikastlamasdan ajratilishini hisobga olgan holda aniqlangan;
takomillashtirilgan elaklash ish organi intensifikatorining kinematik ish rejimi mashina elevatori harakatiga bog‘liq holda kartoshkani shikastlamaslik, kartoshka yo‘qotilishi va elaklash darajasi talablarini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kartoshka kovlagishning takomillashgan elaklash ishshi organi parametrlarini asoslash bo‘yisha olingan natijalar asosida:
kartoshka kovlash mashinasining elaklash elevatori ushun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining foydali modelga patenti olingan (“Kartoshka yig‘ishtirish mashinasining elaklash elevatori”, №FAP 01988 –2022y.). Natijada, kartoshka kovlash mashinasining elaklash elevatori konstruksiyasini takomillashtirish, elaklanish jarayonini yaxshilash, kartoshkalar shikastlanishini va yo‘qotilishini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
takomillashgan energiya-resurstejamkor kartoshka kovlash mashinasi ushun dastlabki talablar tasdiqlangan, uning konstruksiyasi ishlab shiqilib, parametrlari asoslangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining      2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04-508-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshkani agrotexnika talablari darajasida kovlashni amalga oshiradigan, ish sifati yuqori takomillashtirilgan elaklash ish organli kartoshka kovlagishning konstruksiyasini ishlab shiqish imkoniyati yaratilgan;
takomillashgan elaklash ishshi organli kartoshka kovlash mashinasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi fermer xo‘jaliklarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04-508-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshkani kovlab olishda yonilg‘i sarfi gektariga 9 foizga, mehnat sarfi 30,5 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 31 foizga kamayishiga erishilgan;
elaklash ishchi organi takomillashtirilgan kartoshka kovlash mashinasning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish ushun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq texnikaviy shartlar va shizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04-508-son  ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega kartoshka kovlagishning sanoat nusxalarini ishlab shiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish