Sattorov Alimardon Xamdamalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Irrigatsiya tizimlaridagi suv qabul qilish  inshootlarining gidravlik parametrlarini asoslash», 05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4978.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Farg‘ona politexnika institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi PhD.03/07.06.2024.T.106.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Malikov Zafar Mamatqulovich  – texnika fanlari doktori, professor; Fayziev Xomotxon – texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suv qabul qilish inshootlarida oqim kinematik strukturasini inobatga olib, daryo oqiziqlarni samarali boshqaruvchi inshoot konstruktiv elementlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suv qabul qilish inshootlarida oqimning notekis harakatida tezlik taqsimotiga daryo oqiziqlarining fraksion tarkibini ta’sirini inobatga olib oqim kinematikasini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
daryo oqiziqlarini mexanik tarkibini hamda notekis harakatini inobatga olib suv qabul qilish inshootining uzunligi bo‘ylab taqsimotini S_i hisoblash usulini ε=0.07∙exp{-0.82d ̅ }  bog‘liqlik orqali takomillashtirilgan;
ochiq o‘zanlarda daryo oqiziqlarini oqim uzunligi va chuqurligi bo‘ylab o‘zgaruvchanligini inobatga olib suv qabul qiluvchi inshoot konstruksiyasini oqim chuqurligi va eni bo‘yicha oshib boruvchi shaklida ishlab chiqilgan;
suv qabul qilish inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda oqim energiyasidan foydalanib, daryo oqiziqlarini gidravlik tozalashni ta’minlaydigan qurilma konstruksiyasi va hisoblash usuli tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Irrigatsiya tizimlaridagi suv qabul qilish inshootlarining gidravlik parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Katta Farg‘ona magistral kanalidan oqim bilan kirib kelayotgan daryo oqiziqlarning miqdori, kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar “Katta Farg‘ona magistral kanali” boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 23-sentyabr №-05/13-3441-son ma’lumotnomasi). Natijada kanaldan suv olishda S_d≥0.1 mm dan yuqori bo‘lgan daryo oqiziqlarini fraksiyalariga ajratib boshqarish imkoniyati yaratilgan;
Suv qabul qilish inshootlarida daryo oqiziqlarning yarim aylana shaklidagi ostonada yig‘ish bo‘yicha tavsiyalar “Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi” tasarrufidagi Dehqonobod, KFK – SShK-1 va KFK-So‘x nasos stansiyalarida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 23-sentyabr №-05/13-3441-son ma’lumotnomasi). Natijada suv qabul qilish inshootiga o‘rnatilgan ostonada hisobiy davr uchun Wum=1044 m3 loyqa cho‘kindilarni olib qolish imkoniyati yaratilgan;
 Irrigatsiya kanallaridagi suv qabul qilish inshootlarida loyqa cho‘kindilarni oqim energiyasidan foydalanib, tozalash usuli bo‘yicha tavsiyalar “Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” da joriy qilinganligi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 23-sentyabr №-05/13-3441-son ma’lumotnomasi. Natijada, daryo oqiziqlarining yarim aylana shaklidagi ostona orqali to‘kuvchi yama tomon yo‘naltirilishi hisobiga ekspluatatsion xarajatlar 1,5 martagacha kamaygan va nasoslarning ishchi g‘ildiraklarining loyqa ta’sirida emirilish darajasi pasayib, ularning xizmat muddati 1 yildan 3 yilgacha ishlash imkoniyatiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish