Norqulov Lutfullo Mamarajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8465.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim vositalari roli va vazifalarini kompleks diagnostik, analitik va komparativ tahlil qilish hamda pedagogik yondashuvlar, metodologik strategiyalar va innovatsion texnologiyalar integrativligi izchilligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirish modeli ta’limda izchillikni ta’minlashga qaratilgan didaktik-kommunikativ va innovatsion-axborot muhitini yaratish hamda individual ta’lim dasturlarini yaratishga qaratilgan raqamli platformalar, multimedia resurslari va o‘quv modullari komponentlarni o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minoti kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan didaktik talablar va pedagogik tamoyillarga asoslangan ta’lim traektoriyasini shakllantirish hamda mazmuniy-tuzilmaviy, didaktik-uslubiy faollik va o‘zaro-aloqadorlik mezonlarini loyihaviy modellashtirish va aniq algoritmik ketma-ketlikda uzlyuksiz diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentlikligini rivojlantirish samaradorligi ta’lim vositalari va o‘quv bosqichlarini tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi kasbiy va shaxsiy sifatlarning namoyon bo‘lishiga erishish hamda intuisiya, kuzatuvchanlik, xotira kabi pedagogik-psixologik xususiyatlarni natijaviylik va samaradorlik mezonlariga ko‘ra qiyosiy tavsiflash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga oid natijalar asosida:
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim vositalari roli va vazifalarini kompleks diagnostik, analitik va komparativ tahlil qilish hamda pedagogik yondashuvlar, metodologik strategiyalar va innovatsion texnologiyalar integrativligi izchilligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlikligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni yaratilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirish modeli ta’limda izchillikni ta’minlashga qaratilgan didaktik-kommunikativ va innovatsion-axborot muhitini yaratish hamda individual ta’lim dasturlarini yaratishga qaratilgan raqamli platformalar, multimedia resurslari va o‘quv modullari komponentlarni o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentlikligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minoti kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan didaktik talablar va pedagogik tamoyillarga asoslangan ta’lim traektoriyasini shakllantirish hamda mazmuniy-tuzilmaviy, didaktik-uslubiy faollik va o‘zaro-aloqadorlik mezonlarini loyihaviy modellashtirish va aniq algoritmik ketma-ketlikda uzlyuksiz diversifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlikligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentlikligini rivojlantirish samaradorligi ta’lim vositalari va o‘quv bosqichlarini tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi kasbiy va shaxsiy sifatlarning namoyon bo‘lishiga erishish hamda intuisiya, kuzatuvchanlik, xotira kabi pedagogik-psixologik xususiyatlarni natijaviylik va samaradorlik mezonlariga ko‘ra qiyosiy tavsiflash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish