Serjanov Aymurat Medetbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida bank xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishlari va istiqbollari (ATB Mikrokredit bank misolida)», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3717
Ilmiy rahbar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatulla Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Atamuratova Nurzada Bayramovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bank xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini takomillashtirish va istiqbollarini asoslash bo‘yicha taklif tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda “oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida maqsadli loyihalar bo‘yicha mikrokreditlarni ustuvor darajada ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada bank xizmatlarini rivojlantirishda hudud ixtisoslashuvi va infratuzilmaviy ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er maydonlarining uzoq muddatli ijarasi asosida o‘z biznesini tashkil etishga kreditlar ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
dasturlar bo‘yicha kreditlarni optimallashtirishga ko‘ra ular doirasidagi so‘ndirilgan kreditlar hisobidan shakllangan resurslarni mazkur hududdagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
    bank xizmatlari imkoniyatlarini tadbirkorlik sub’ektlariga faol jalb qilgan holda Mikrokreditbank ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha kreditlar va depozitlar hajmining 2030 yilgacha ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ATB Mikrokreditbank Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali faoliyatiga ko‘ra bank xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini takomillashtirish va istiqbolini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    mintaqada moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda “oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida maqsadli loyihalar bo‘yicha mikrokreditlarni ustuvor darajada ajratishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 apreldagi PQ-149-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 23 avgustdagi 13/00-01/05-2273-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mintaqada o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, kreditning maqsadli ishlatilishi hamda kreditlardan tomorqani rivojlantirishning parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona kabi yo‘nalishlarida foydalanishi uchun garovsiz ajratilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada bank xizmatlarini rivojlantirishda hudud ixtisoslashuvi va infratuzilmaviy ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er maydonlarining uzoq muddatli ijarasi asosida o‘z biznesini tashkil etishga kreditlar ajratishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi PQ-39-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 23 avgustdagi 13/00-01/05-2273-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirishning ilmiy asoslanish darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
dasturlar bo‘yicha kreditlarni optimallashtirishga ko‘ra ular doirasidagi so‘ndirilgan kreditlar hisobidan shakllangan resurslarni mazkur hududdagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 apreldagi PQ-149-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 23 avgustdagi 13/00-01/05-2273-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mintaqada hunarmandchilikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, Yoshlar - kelajagimiz dasturlari doirasida kreditlarni optimallashtirish, Har bir oila - tadbirkor dasturiga doirasidagi chora-tadbirlarning ilmiy asoslanish darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
bank xizmatlari imkoniyatlarini tadbirkorlik sub’ektlariga faol jalb qilgan holda Mikrokreditbank ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha kreditlar va depozitlar hajmining 2030 yilgacha ssenariyli prognozi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi PQ-39-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 23 avgustdagi 13/00-01/05-2273-son ma’lumotnomasi). Taklif oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari amalga oshirilishida, dasturlar doirasida kredit mablag‘lari vakolatli banklar shu jumladan Mikrokreditbank ATBning o‘z resurslari hisobidan ajratilishiga hamda depozitlar bank majburiyatlariga nisbatini oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish