Rasulov Rustambek Odilovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar dunyoqarashida siyosiy ijtimoiylashuvni shakllantirishning mafkuraviy ahamiyati”
09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1269.
Ilmiy rahbar: Xudoyberganov Ravshan Xudoyberganovich falsafa fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: University of management and future technologies.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Jo‘rabek Yorqul o‘g‘li siyosiy fanlari doktori, dotsent; Abilov Urol Murodovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar dunyoqarashida siyosiy ijtimoiylashuvni shakllantirishning barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishdagi roli va mafkuraviy ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jamiyatning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayonidagi milliy g‘oya, diniy va madaniy qadriyatlar, ma’naviy tarbiya kabi mafkuraviy omillari hamda ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy jihatlari yoshlarning faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishda xizmat qilishi asoslangan;
yoshlarning siyosiy ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi oila, ta’lim, tengdoshlar guruhlari, ommaviy axborot vositalari singari indikatorlari, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq islohotlarda gumanistik, demokratik, milliy tamoyillarga e’tibor qaratishning mafkuraviy jihatlari aniqlangan;
siyosiy ijtimoiylashuv jarayon sifatida shaxslarning siyosiy qarashlari, e'tiqodlari va xatti-harakatlariga asoslanishi hamda yoshlar uchun bu jarayon hal qiluvchi ahamiyatga egaligi tarixiy bilim va davr ruhini aks ettirishi, vorisiylik va novatorlik dialektikasiga erishning fundamental, strukturaviy, integrativ asoslari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda har tomonlama barkamol, tanqidiy fikrlaydigan kelajak bunyodkorlari va yetakchilarini shakllantirishga qaratilgan muvozanatli va adolatli siyosiy ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatni ta’minlash orqali yoshlar siyosiy faolligini oshiruvchi innovatsion tizimlarni ilmiy bilimlar dinamikasi asosida shakllantirish ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar dunyoqarashida siyosiy ijtimoiylashuvni shakllantirishning mafkuraviy ahamiyati asoslariga doir ilmiy tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga joriy qilingan:
Jamiyatning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayonidagi milliy g‘oya, diniy va madaniy qadriyatlar, ma’naviy tarbiya kabi mafkuraviy omillari hamda ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy jihatlari yoshlarning faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishda xizmat qilishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yoshlarning ijtimoiylashuviga oid turkum dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-sentyabrdagi 04-36-1038-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlarida yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyatini tushunish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgan;
yoshlarning siyosiy ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi oila, ta’lim, tengdoshlar guruhlari, ommaviy axborot vositalari singari indikatorlari, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq islohotlarda gumanistik, demokratik, milliy tamoyillarga e’tibor qaratishning mafkuraviy jihatlariga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ijtimoiy loyihalariga oid faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 3-iyul 2-13-21-3489-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, agentlik faoliyatini tizimli tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy islohotlar mazmunini tushunishga xizmat qilgan;
yoshlarning ijtimoiy siyosiylashuviga tas’ir etuvchi omillarning yangi O‘zbekistonda zaxira kadrlarning yangi avlodini tarbiyalash, siyosiy vaziyatlarda mamlakat manfaatlarini himoya qilishda tarixiylik tamoyiliga amal qilishning ahamiyatiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yil yanvardagi dasturining 8-bandida ko‘rsatilgan “Yoshlar siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish va uni yangi bosqichga ko‘tarish”, 16-bandida “Yoshlarning siyosiy va ijtimoiy institutlar bilan hamkorligi hamda partiya dastur va g‘oyalarini ular ongiga singdirish”da ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 11-iyuldagi 01-27/316-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar partiya elektoratining mafkuraviy targ‘ibot ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda har tomonlama barkamol, tanqidiy fikrlaydigan kelajak bunyodkorlari va yetakchilarini shakllantirishga qaratilgan muvozanatli va adolatli siyosiy ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatni ta’minlash orqali yoshlar siyosiy faolligini oshiruvchi innovatsion tizimlarni ilmiy bilimlar dinamikasi asosida shakllantirishga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024 yil uchun chora tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan chora tadbirlar doirasida o‘tkazilgan debatlarni tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024-yil 10-oktyabrdagi 4/32-2184-son ma’lumotnomasi). Natijalar Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabati va tanqidiy fikrlash mahoratini aniqlash maqsadida yoshlar debati targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan.