Ummatov Nozim Raimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport takomillashuv bosqichidagi uzoq masofalarga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash uslubiyoti”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped1136.
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, IK raqami: DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01
Rasmiy opponentlar: redagogika fanlari doktori (DSc), professor Raximov Vladimir Shavkatovich, redagogika fanlari doktori (DSc), professor Abdullaev Mexriddin Junaydulloevich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuv bosqichida uzoq masofalarga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uzoq masofalarga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlashda davomiligi 9 daqiqali (maxsus yugurish mashqlar to‘plamini har 30 soniya davomida uzlyuksiz bajarish va almashlash natijasida oyoq, qo‘l, bel va qorin mushaklarini harakatchanligini musobaqa maromida takrorlash) maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatgichlari takomillashtirilgan;
uzoq masofalarga yuguruvchilarni turli musobaqalarga tayyorlashda masofani har bir kilometri boshida 75-150 metrgacha tezlanish va qolgan 850-925 metrgacha bo‘lgan masofani sportchilarni yugurish tezligiga qaytishni amalga oshirish hisobiga raqibni toliqtirish kabi taktik tayyorgarlik darajasi oshirilgan;
uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun ishlab chiqilgan maxsus funksional mashqlar arsenalini musobaqalarga tayyorlash mikrotsikllarida qo‘llash hisobiga ularni turli musobaqalarda yuqori sport natijalarini ta’minlovchi jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
uzoq masofalarga yuguruvchilar tayyorgarligining mezo va mikro sikllaridagi yuklamalarini o‘sib boruvchi, hajmli, zarbdor nisbatlarini shiddat zonalari bo‘yicha (kichik, o‘rta, katta, submaksimal va maksimal) optimal taqsimlash hisobiga ularni musobaqalarga samarali tayyorlash imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzoq masofalarga yuguruvchilarning yugurish jarayonida yillik mashg‘ulotlar mazmunini tizimli o‘rganish asosida:
uzoq masofalarga yuguruvchilarni turli musobaqalarga tayyorlashda masofani har bir kilometri boshida 75-150 metrgacha tezlanish va qolgan 850-925 metrgacha bo‘lgan masofani sportchilarni yugurish tezligiga qaytishni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining uzoq masofalarga yuguruvchilarining mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 28-iyundagi 03-16/6505–son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus jismoniy tayyorgarligini (oyoqning kuch chidamliligini rivojlantirish) oshirish metodikasini qo‘llanish natijasida sport musobaqalarida 1 nafar sport ustasi, 4 nafar sport ustaligiga nomzod va 8 nafar I-razryadli hamda 2 nafar II-razryadli uzoq masofalarga yuguruvchilar tayyorlangan;
uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarning tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun ishlab chiqilgan kompleks mashqlar arsenalini musobaqalarga tayyorlash mikrotsikllarida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 28-iyundagi 03-16/6505 – son ma’lumotnomasi). Natijada uzoq masofalarga yuguruvchilar “Universiada 2023” va “Yangi Nafas” O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 3 ta oltin, 1 bronza medallariga sazovor bo‘lgan;
uzoq masofalarga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlashda davomiligi 9 daqiqali (maxsus yugurish mashqlari to‘plamini har 30 soniya davomida uzlyuksiz bajarish va almashlash natijasida oyoq, qo‘l, bel va qorin mushaklarini harakatchanligini musobaqa maromida takrorlash) maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 28-iyundagi 03-16/6505 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyot jarayoniga qo‘llanishda “Yangi nafas” 2023 musobaqasida 1-o‘rin, Universiada – 2023 musobaqasida oltin medal va O‘zbekiston shaharlari kubogida 1 – 3 o‘rinni egallab viloyat terma jamoasini uzoq masofalarga 1-o‘rinni egallashni ta’minladi turli musobaqalarda samarali ishtirok etish imkoniyatlarini oshirilgan;
uzoq masofalarga yuguruvchilarni tayyorgarlik mezo va mikro sikllaridagi yuklamalarini o‘sib boruvchi, hajmli, zarbdor nisbatlarini shiddat zonalari bo‘yicha (kichik, o‘rta, katta, submaksimal va maksimal) optimal taqsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan davlat pedagogika instituti uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarning mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 28-iyundagi 03-16/6505-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzoq masofalarga yuguruvchilarni aerob zonaning yuqori chegarasida yugurish maromi va davomiyligini ushlab turish 9,8% ga oshirilgan aralash zonada esa ish bajarish hajmi 8,7% ga rivojlantirilgan. Anaerob zonada ish bajarish davomiyligi 7,4% ga oshishi hisobiga ularda sport natijasi 7,9% oshganligini ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish