Aliev Iskandar Baxramovichning
fanlari doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarining ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Ped160
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerievich biologiya fanlari doktori, professor; To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Dadaboev Odiljon Jalolidinovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-metodik asoslarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini optimal rejalashtirish maqsadida ishlab chiqilgan tayyorgarlik turlari moduli hamda innovatsion “KurashMax” dasturi yordamida barcha bosqichlarda kurashchilarning muhim tayyorgarlik turlarini aniqlash va amaliy faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport sog‘lomlashtirish hamda boshlangich tayyorgarlik bosqichida yosh kurashchilarning ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida, UJT va MJT dasturi yordamida yuklamalarni me’yorlashtirish, davlat standartlariga moslashtirish orqali jismoniy mashqlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichida kurashchilarning bellashuvlarda qo‘llaniladigan taktik harakatlar kombinatsiyasini samarali bajarish maqsadida asosiy texnik usullarni fazalarga bo‘lib tuzib chiqish orqali hujum harakatlarini bajarishda raqib tomonidan to‘xtatilgan holda qo‘shimcha texnik usullarni uzlyuksiz kombinatsion harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
sport takomillashtirish bosqichida kurashchilarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirish, sport formasini yuqori darajada saqlash maqsadida mashg‘ulotlar mezotsikl kompleks majmuasini vaqt diopazonlariga moslashtirish, mashqlar nomi, o‘lchov birligi va mustahkamlik koeffisientilarini to‘liq bajarish hisobiga tayyorgarlik turlari bo‘yicha bellashuvlarda chidamkor taktik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
oliy sport mahorati bosqichidagi kurashchilarning musobaqa faoliyatida toliqish belgilarini inobatga olib tayyorgarlik jarayonlarining mashg‘ulot yuklamalari umumiy hajm rejasini 3 oylik tayyorgarlik davri bo‘yicha ishlab chiqish hisobiga musobaqalarda bajariladigan texnik-taktik harakatlar, keying musobaqaga qadar tiklanish tadbirlarini optimal rejalashtirish hisobiga musobaqa natijadorligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-metodik asoslarni ishlab chiqish bo‘yicha tajriba natijalari asosida:
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini optimal rejalashtirish maqsadida ishlab chiqilgan tayyorgarlik turlari moduli hamda innovatsion “KurashMax” dasturi yordamida barcha bosqichlarda kurashchilarning muhim tayyorgarlik turlarini aniqlash va amaliy faoliyatini tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-noyabrdagi 03-16/11054-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida tayyorgarlik natijalari samadorligi 15 % ga oshgan;
sport sog‘lomlashtirish hamda boshlangich tayyorgarlik bosqichlarida yosh kurashchilarning ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida, UJT va MJT dasturi yordamida yuklamalarni me’yorlashtirish, davlat standartlariga moslashtirish dasturini Olmazor tumani sport maktabi o‘quv mashg‘ulotlariga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-noyabrdagi 03-16/11054-son ma’lumotnomasi). Natijada UJT va MJT mashqlarni bajarish samaradorli 18 % ga o‘sgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichida kurashchilarning bellashuvlarda qo‘llaniladigan taktik harakatlar kombinatsiyasini samarali bajarish maqsadida asosiy texnik usullarni fazalarga bo‘lib tuzib chiqilgan dasturi Toshkent viloyati kurash federatsiyasi, Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari kurashchilarning mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-noyabrdagi 03-16/11054-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kurashchilarning texnik-taktik harakatlarni bajarish samaradorligi
17 % ga oshgan;
sport takomillashtirish bosqichida kurashchilarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirish, sport formasini yuqori darajada saqlash maqsadida mashg‘ulotlar mezotsikl kompleks majmuasi ishlab chiqilgan hamda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari kurashchilarining o‘quv mashg‘ulot jarayonlariga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-noyabrdagi 03-16/11054-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa harakteridagi bellashuvlardagi chidamkorlik 21 % ga o‘sgan;
oliy sport mahorati bosqichidagi kurashchilarning musobaqa faoliyatida toliqish belgilarini inobatga olib tayyorgarlik jarayonlarining mashg‘ulot yuklamalari umumiy hajm rejasini 3 oylik tayyorgarlik davri bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur O‘zbekiston kurash akademiyasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiya yuqori malakali mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-noyabrdagi 03-16/11054-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa faoliyatidagi natijlar 16 % ga oshgan.