Sattorova Dilshoda Yuldashevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (elektr va magnetizm bo‘limi misolida )”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.2.PhD/Ped5160.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shoxida Mirzaaxmadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04-raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash  
Rasmiy opponentlar: Zaynobiddinov Sirojiddin Zaynobiddinovich – fizika-matematika fanlari doktori, akademik;
Abdullaeva Ozoda Safibullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizika fanini innovasion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari ijodkorlik, natijadorlik, o‘lchamlilik tamoyillarini nazariy va laboratoriya mashg‘ulotlari integrasiyasiga asoslangan eksperimental o‘quv muhitiga adaptivlik darajalarda qo‘llash asosida aniqlangan;
fizika fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning nazariy konseptual modeli ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishini jadallashtiruvchi simulyasion, illyustrativ va imitasion ish turlarini kolloborativ o‘quv jarayonida ta’lim ehtiyojlariga yo‘nalganlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
fizika fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning didaktik ta’minoti nostandart topshiriqlarni tezkor tushunish va bajarishga tayyorlovchi adaptiv metodikani talabalarning barqaror akademik faoliyatida integrativlik darajalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari talabalarda tayanch va kasbiy kompetensiyalarni progressiv dinamikada rivojlantiruvchi nazariy va amaliy topshiriqlarning integrativ modellaridan erkin tanlovli muhitda individual yo‘nalganlikda foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida umumiy fizika kursi “Elektr va magnetizm” bo‘limini innovatsion ta’lim texnologiyasidan foydalanib o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fizika fanini innovasion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari ijodkorlik, natijadorlik, o‘lchamlilik tamoyillarini dars va laboratoriya mashg‘ulotlari integrasiyasiga asoslangan eksperimental o‘quv muhitiga adaptivlik darajalarda qo‘llashga oid takliflari “Umumiy fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9- sentyabrdagi 302-1300-sonli guvohnomasi). Natijada metodik tavsiyalar doirasida ishlab chiqilgan ishlanmalar fizikani o‘qitishda mavzularni o‘zlashtirish imkoniyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fizika fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning nazariy konseptual modeli ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishini jadallashtiruvchi simulyasion, illyustrativ va imitasion ish turlarini kolloborativ o‘quv jarayonida ta’lim ehtiyojlariga yo‘nalganlikda qo‘llashga  oid takliflardan YoaS–XT–1–31/884–raqamli “Innovatsion texnalogiyalar sharoitida fizika oʻqituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi ilmiy loyihani vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2023-yil 7-noyabrdagi 01-20-09/2283-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy-intellektual qobiliyatlarini uzlyuksiz oshirib borish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
fizika fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning didaktik ta’minoti nostandart topshiriqlarni tezkor tushunish va bajarishga tayyorlovchi adaptiv metodikani talabalarning barqaror akademik faoliyatida integrativlik darajalarda qo‘llashga oid takliflaridan O‘zFA Yadro fizikasi institutida bajarilayotgan AM–PZ–201962031-sonli “Yadro energetikasi”, “Yadro medisinasi va texnologiyalari”, “Radiatsion medisinasi va texnologiyalari” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun multimediali darsliklar yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-iyundagi 02-07-2109/04–son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirishda shaxsiy va kasbiy kompetensiyalari yaratilgan o‘quv va metodik qo‘llanmalari asosida (fizika faniga motivatsiya hosil qildirish, talaba faoliyatini kreativ rivojlantirishga imkon beruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, fizika o‘qitishda qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash) rivojlantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish