Kurbonova Guzal Saydaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek oilalarida axloqiy tarbiya munosabatlari rivojlanish tarixi”, 13.00.01 -Pedagogika nazaryasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8060.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Madraximova Feruza Ro‘zimbaevna, pedagogika fanlari doktori, dosent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alliyarov Ashraf Dauletyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalarida axloqiu tarbiua munosabatlarning rivojlanish tarixidan foudalanish bo‘uicha tavsiualar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek oilalaridagi axloqiy tarbiya munosabatlarini milliy qadriyatlar va an’analarga mosligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari qadimgi yozma yodgorliklarda ifodalangan tarixiy g‘oyalar, o‘zbek oilalarida tabiiylik, o‘zgaruvchanlik va irsiy jihatdan tadrijiy rivojlanish tendensiyalarini faktik dalillash hamda mazmunli-jarayonli va tashkiliy-pedagogik komponentlarning dialektik aloqadorligini yaxlitlash asosida aniqlangan;
o‘zbek oilalarida axloqiy tarbiya munosabatlari rivojlanish tarixini tasniflash modeli transfarmatsion jarayonlarda milliy qadriyatlarga mos tarbiyaviy rivojlanish bosqichlari, amaliy va milliy an’analar, ijtimoiy hamda madaniy omillarni, sinergetik, fenomenologik-aksiologik yondashuvlarga xronologik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek oilalarida axloqiy tarbiya munosabatlari rivojlanish tarixi pedagogik mazmuni milliy ijtimoiy-institutlar faoliyati, oila ta’lim muassasasi, mahalla institutlarining ta’lim-tarbiya uzliksizligini ta’minlashga ta’sirchanligini tasniflash hamda modulli, loyihalovchi, faoliyatli-pedagogik jarayonlarni xolis baholash va noformal va informal jarayonlarni yaxlit namuna sifatida e’tirof etish asosida takomillashtirilgan;
oilalarda axloqiy tarbiya munosabatlarini mustahkamlashning didaktik tuzilmasi milliy urf-odat va an’analar o‘rni, ta’limning tarixiy-konseptual interpretatsiyasi, voqelikda amalga oshishini talab qilgan umuminsoniy munosabatlar to‘liqligini tarixiy kontekstda tahlil qilish hamda pedagogik yondashuvning mazmunini ta’limiy maqsadlarga idinetiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek oilalarida axloqiy tarbiya munosabatlari rivojlanish tarixi” mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek oilalaridagi axloqiy tarbiya munosabatlarini milliy qadriyatlar va an’analarga mosligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari qadimgi yozma yodgorliklarda ifodalangan tarixiy g‘oyalar, o‘zbek oilalarida tabiiylik, o‘zgaruvchanlik va irsiy jihatdan tadrijiy rivojlanish tendensiyalarini faktik dalillash hamda mazmunli-jarayonli va tashkiliy-pedagogik komponentlarning dialektik aloqadorligini yaxlitlash asosida aniqlashga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-oktyabrdagi 11-05-6245/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy oilalardagi axloqiy munosabatlarni qadriyatlar va anʼanalar bilan mosligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
o‘zbek oilalarida axloqiy tarbiya munosabatlari rivojlanish tarixini tasniflash modeli transfarmatsion jarayonlarda milliy qadriyatlarga mos tarbiyaviy rivojlanish bosqichlari, amaliy va milliy an’analar, ijtimoiy hamda madaniy omillarni, sinergetik, fenomenologik-aksiologik yondashuvlarga xronologik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-oktyabrdagi 11-05-6245/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oilalarda axloqiy tarbiya munosabatlarini shakllanganligini aniqlash modellarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
o‘zbek oilalarida axloqiy tarbiya munosabatlari rivojlanish tarixi pedagogik mazmuni milliy ijtimoiy-institutlar faoliyati, oila ta’lim muassasasi, mahalla institutlarining ta’lim-tarbiya uzliksizligini ta’minlashga ta’sirchanligini tasniflash hamda modulli, loyihalovchi, faoliyatli-pedagogik jarayonlarni xolis baholash va noformal va informal jarayonlarni yaxlit namuna sifatida e’tirof etish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan Natijada o‘zbek oilalarida axloqiy munosabatlarni mustahkamlashda ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar ta’sirini takomillashtirishning didaktik mazmuni boyitilgan;
oilalarda axloqiy tarbiya munosabatlarini mustahkamlashning didaktik tuzilmasi milliy urf-odat va an’analar o‘rni, ta’limning tarixiy-konseptual interpretatsiyasi, voqelikda amalga oshishini talab qilgan umuminsoniy munosabatlar to‘liqligini tarixiy kontekstda tahlil qilish hamda pedagogik yondashuvning mazmunini ta’limiy maqsadlarga idinetiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-oktyabrdagi 11-05-6245/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada axloqiy tarbiya munosabatlarida urf-odat va anʼanalarning o‘rnini ko‘rsatib berish samaradorligi oshgan.