Bozorov Ulug‘bek Sayidmurodovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talaba yoshlarni kasbiy huquqiy kompotensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4467
Ilmiy rahbar: Pirnazarov G‘ulom Nurboboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Hamraev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori professor;    Kadirov Xayot Sharipovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) ta’lim yo‘nalishi misolida talaba yoshlarni kasbiy huquqiy kompotensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlarining kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning deontologik negizlari, integratsiyasi va komponentlari o‘ziga xos huquqiy-pedagogik tamoyillar asosida tavsiflangan;
talaba-yoshlarni kasbiy-huquqiy kompetensiyasi komponentlari (“huquqiy munosabat”, “huquqiy madaniyat”, “ijtimoiy kompetensiya”)ga ¬ “kasbiy huquqiy kompetensiya” tushunchasini kiritish va uning modeli takomillashtirilgan;
“Legal clinic”, “Street law”, HMV texnologiyalari asosida talaba-yoshlarning kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik, pedagogik, psixologik hamda pragmatik asoslari, tashkiliy-pedagogik tizimi, metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlarining kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda baholash mezonlari va indikatorlari uzviylik va uzlyuksizlik asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talaba-yoshlarning kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlarining kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning deontologik negizlari, integratsiyasi va komponentlari o‘ziga xos huquqiy-pedagogik tamoyillar asosida tavsiflanganligi hamda talaba-yoshlarni kasbiy-huquqiy kompetensiyasi komponentlari (“huquqiy munosabat”, “huquqiy madaniyat”, “ijtimoiy kompetensiya”)ga ¬ “kasbiy huquqiy kompetensiya” tushunchasini kiritish va uning modeli takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024 yil 17 fevraldagi 03/02-192-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tizimda talaba-yoshlarning kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini oshirish bilan bog‘liq ishlar jarayoni ilmiy-amaliy manbalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
“Legal clinic”, “Street law”, HMV texnologiyalari asosida talaba-yoshlarning kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik, pedagogik, psixologik hamda pragmatik asoslari tashkiliy-pedagogik tizimi metodik ta’minoti ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan “Umumiy pedagogika” darsligida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 22-iyuldagi 11-05-3788/04-sonli  dalolatnomasi.). Natijada, oliy ta’lim muassasalari o‘quv jaryonida talaba-yoshlarning kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish ishlarini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan darslarni metodik loyihalash, talaba yoshlarning kasbiy-huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik va metodologik tarzida yangicha yondashilgan huquqiy targ‘ibot yo‘nalishini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish