Shakarbayev Ulug‘bek Abdulakimovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy va Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston suv mollyuskalari trematoda serkariyalari faunasi va uning shakllanish yo‘llari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/B114.
Ilmiy maslahatchi: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japaqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Izzatullaev Zubaydulla Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Esova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Markaziy va Shimoli-g‘arbiy suv havzalari mollyuskalarida rivojlangan trematoda serkariyalar faunasini baholash, bioekologik xususiyatlarini aniqlash hamda hayvonlarda keng tarqalgan trematodozlarning oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy va Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston suv havzalarida Lymnaeidae, Planorbidae, Physidae va Thiaridae oilalariga mansub 21 tur chuchuk suv mollyuskalarida trematoda serkariyalari bilan zararlanish aniqlangan;
mollyuskalarning oilalar kesimida trematoda serkariyalari bilan zararlanish darajalari (Lymnaeidae – 8,37%, Planorbidae – 11,9%, Physidae – 13,6%, Thiaridae – 26,7%) aniqlangan;
chuchuk suv mollyuskalarida trematoda serkariyalari faunasi 2 kenja sinf, 10 turkum, 13 oila, 27 avlodga mansub 38 turdan iboratligi aniqlangan;
trematoda serkariyalarining 4 turi – Notocotylus ephemera, Philophthalmus lucipetus, Skrjabinoeces similis, Pleurogenes claviger O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor yangi tur sifatida aniqlangan;
serkariyalarning mollyuskadan ajralib chiqish ritmlari suv harorati va yorug‘lik omillariga bog‘liqligi aniqlangan, ushbu jarayon bahorning oxiri, yoz va kuz fasllarida amalga oshishi asoslangan;
Markaziy va Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston suv havzalarida trematoda serkariyalar faunasining shakllanishi, bioekologik xususiyatlari va ularning biog‘enotik aloqalari asosida amalga oshishi isbotlangan;
qayd etilgan serkariyalarning jinsiy voyaga yetgan shakllari (marita) baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning parazitlari sifatida, ushbu nuqtai nazardan kelib chiqib, trematoda serkariyalarining umurtqali hayvon – xo‘jayinlarni zararlash strategiyasi 4 guruhdan tashkil topganligi isbotlangan;
Melanoides kainarensis mollyuska gepatopankreastik bezi va gonada to‘qimalariga Philophthalmus lucipetus lichinkalarining taʼsiri birinchi marta aniqlangan;
Lymnaea auricularia mollyuska organizmida rivojlangan Schistosoma turkestanicum serkariyalari nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy va Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston suv mollyuskalari trematoda serkariyalari faunasi va uning shakllanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
trematoda lichinkalarining zararlash strategiyalari hamda trematodozlarining oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlari veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 13 apreldagi 33/01-04-212-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, yirik va mayda shoxli hayvonlarda turli trematodoz (fassiolez, shistosomoz, gastrotilaksoz) kasalliklarning kelib chiqish yo‘llarini erta aniqlash va shu bilan birga chorva mollarining gel’mintozlarini monitoring qilish hamda profilaktik choralarni optimallashtirish imkonini bergan;
hayvonlarning asosiy trematodozlaridan biri – shistosomozga prazikvantelning supramolekulyar komplekslari bilan degelmintizag‘iyasi hamda profilaktik degelmintizag‘iya tadbirlarining optimal muddatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Seyimbet” fermer xo‘jaligi faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 13 apreldagi 33/01-04-212-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, prazikvantelning modifikag‘iyalangan preparatlarining qo‘y va qoramollar shistosomoziga nisbatan 100% samaradorlikga erishish imkonini bergan;
chuchuk suv mollyuskalarining tarqalishini aks ettiruvchi 18 ta koordinata nuqtasida trematoda serkariyalarining faunasi va zararlash strategiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tasarrufidagi qator tashkilotlar (Bo‘zatov, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Mo‘ynoq tumanlari) amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 01/18-133-son maʻlumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududlarida trematodalarning tarqalishini prognoz qilish, kasalliklarning oldini olish hamda epizootik barqarorlikni taʼminlash imkonini bergan;
O‘zbekistonning uy va yovvoyi hayvonlari sutemizuvchilar orasida keng tarqalgan Schistosoma turkestanicum Skrjabin, 1913 trematoda serkariyasining mitoxondrial DNK (COX1) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Biotenologik Axborotlar Milliy Markazi bazasiga (NCBI, https://www.ncbi.nlm.nih. gov/nuccore) joylashtirilgan. Natijada, Schistosoma turkestanicum Skrjabin, 1913 serkariyasining MW301394 identifikasiya raqami olingan va ushbu serkariya turini xalqaro miqyosda identifikasiya qilish hamda filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.