Matkaziev Dilshod Aytpaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori naporli gidrouzel suv tashlagich tunnelining gidravlik hisobini takomillashtirish»,
05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3189.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich – texnika fanlari doktori, professor; Axmedxodjaeva Ifoda Axmadjanovna – texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori naporli gidrouzel suv tashlagich tunnelining gidravlik hisobini oqim kinematikasi va dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori naporli gidrouzel suv tashlagich tunnelining suv o‘tkazish qobiliyatini hisobga olgan holda oqim kinetik energiyasining pastki befga ta’sirini kamaytirish usuli ishlab chiqilgan;
o‘xshashlik nazariyasi va gidravlik modellashtirish shartlarini inobatga olib yuqori naporli gidrouzel suv tashlagich tunnelining laboratoriya modelida gidravlik qarshiliklarni baholash bo‘yicha bog‘lanishlar olingan;
tajribada olingan ma’lumotlar matematik statistika uslublaridan foydalanib tahlil etilib, umumlashgan gidravlik qarshilik koeffisientini oqim energetik holati, quvur materialiga va Eyler soniga bog‘liq ravishda o‘zgarishini baholash usuli ishlab chiqilgan;
suv tashlama quvurda oqim zarbini kamaytirish uchun maxsus o‘rnatilgan moslamalarda mahalliy qarshilik hosil qilib suv sarfini boshqarish usuli takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori naporli gidrouzel suv tashlagich tunnelining gidravlik hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv omborining suv tashlash quvurida kinetik energiyani ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar «Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya markazi» MChJga amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respulikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi №-05/13-3444-son ma’lumotnomasi). Natijada, pastki befni yuvilishini kamaytirish uchun oqim tezligi 5-10 m/s ga etkazilgan;
suv ombor suv tashlash quvuridagi gidravlik qarshiliklarni aniqlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar Chortoq va Varzik suv omborlarida foydalanish uchun Namangan viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga amaliyotga joriy qilishga tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respulikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi №-05/13-3444-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv tashlama quvurlarining chiqish qismida oqim energiyasini aniq baholashga erishilgan;
gidrotexnik inshoot pastki befida yuzaga keladigan gidravlik jarayonlar baholanib, pastki befni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora tadbirlar tavsiya etilgan. Ilmiy tadqiqot ishining natijalari «Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya markazi» MChJga amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respulikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi №-05/13-3444-son ma’lumotnomasi). Natijada pastki befni mustahkamlash uchun sarflanadigan qurilish ishlari xajmini kamayishi hisobiga 3,8 mlrd so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish