Jumaev Ilhom Hamroevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qutadg‘u bilig” asarida O‘zg‘urmish obrazining poetik talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2873
Ilmiy rahbar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
    Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Nomozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bozorova Nasiba Po‘latjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (Ph), dotsent Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi O‘zg‘urmish obrazining poetik talqinlarini aniqlash va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zg‘urmish obrazining “Qutadg‘u bilig” sujeti va obrazlar tizimida tutgan o‘rni hamda Kuntug‘di va O‘zg‘urmish obrazlari munosabati zamirida shoh va gado tizimi turishi misollar orqali asoslangan;
zuhd motivining “Qutadg‘u bilig” dostoniga ta’siri va O‘zg‘urmish obrazining zuhd mavzusi doirasidagi axloqiy-didaktik talqinlari zuhdiyot masalasining mohiyati, zohidlik harakati tarixini yoritish hamda ulug‘ zohidlarning qarashlari asosida ochib berilgan;
O‘zg‘urmishning komil zohid obrazi ekanligi zuhdning darajalari va zohidlarning martabalari – zuhdi xoyifon, zuhdi rojiyon va zuhdi do‘stonga oid qarashlar misollar orqali asoslangan;
Yusuf Xos Hojibning O‘zg‘urmish obrazi tasvirida yuksak poetik mahorat ko‘rsatgani O‘zg‘urmish obrazi va dunyo timsoli munosabati, irsoli masal, tamsil va tashbih kabi badiiy tasvir vositalari misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Qutadg‘u bilig” asarida O‘zg‘urmish obrazining poetik talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
 “Qutadg‘u bilig” asarining tuzilishi, poetik xususiyatlari, obrazlar (shu jumladan, O‘zg‘urmish obrazi) talqini, badiiy o‘ziga xosligiga doir ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023 -yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 2-maydagi 04/1-1148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur platformaning o‘zbek adabiyoti tarixiga doir o‘rinlari to‘ldirilgan, yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
“Qutadg‘u bilig” asari lingvodidaktik xarakterdagi umumturkiy manba hisoblanadi. Asardagi lingvodidaktik materiallar: maqollar, aforizmlar, iboralardan va unga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 2-maydagi 04/1-1147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada platformadagi turkiy tillar tarixida qo‘llanilgan maqol, aforizm, frazemalarning aks etishi ushbu elektron dasturning boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish