Najenov Dautbay Yakubbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Qo‘shimcha manyovr lokomotivini jalb etish asosida temir yo‘l transportinining asosiy foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3365
Ilmiy rahbar: Masharipov Ma’sud Nu’monjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismatullaev Azizbek Faxriddin o‘g‘li, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘shimcha manyovr lokomotivini jalb etish asosida temir yo‘l transportinining asosiy foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
manyovr lokomotivlari zaruriy sonining stansiya ko‘rsatkichlariga ta’siri temir yo‘l uchastka stansiyasining sutkalik ish reja-grafigini modellashtirish asosida vagonlar bilan texnologik amallar bajarilishidagi samarasiz vaqt yo‘qotishlarni hisobga olgan holda asoslangan;
temir yo‘l stansiyasida qayta ishlanadigan yuk poezdlarining kelish vaqtlari nomutonosibligini hisobga olgan holda tarkiblarni tarqatish va tuzishni tugallashdan keyingi texnologik amallarni bajarilishidagi kutish vaqtlarini aniqlashning matematik modellari ishlab chiqilgan;
temir yo‘l uchastka stansiyasida ishlatiladigan manyovr lokomotivlari soniga bog‘liq ravishda tranzit vagonlar bilan texnologik amallar bajarilishi jarayonida tortuv birliklari bandligini hisobga olgan holda qayta ishlanadigan va ishlanmaydigan vagonlarning turish vaqtini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
texnik stansiyalarga qo‘shimcha tortuv birliklarini jalb etishdagi xarajat va yuk vagonlari ishchi parki tejalishidan olinadigan samaradorlikni hisobga olgan holda manyovr lokomotivlari sonining temir yo‘l transportini ishlatish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘shimcha manyovr lokomotivini jalb etish asosida temir yo‘l transportinining asosiy foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
harakatlanuvchi tarkiblardan foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash algoritmlari va dasturiy majmualar ko‘rinishidagi instrumental vositalar, tarkiblarni tarqatish va tuzishni tugallashdan keyingi texnologik amallarni bajarilishidagi kutish vaqtlarini aniqlashning matematik modellari hamda tranzit vagonlarning turish vaqtini hisoblash va manyovr lokomotivlari sonining temir yo‘l transportini ishlatish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash usullari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Qo‘ng‘irot Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi 3744-sonli ma’lumotnomasi). Natijada uchastka stansiyasida qo‘shimcha manyovr lokomotivlarini jalb etish orqali tarkibni tarqatish va saralash parkidan jo‘natish parkiga olib o‘tishini kutish vaqtini 24 daqiqagacha qisqartirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan, mintaqaviy temir yo‘l uzeli vagonlari ishchi parkini 12 tagacha, poezd lokomotivlarining sonini 0,5 tagacha tejash va uning o‘rtacha sutkalik bosib o‘tgan yo‘lini 10 km/sutkaga oshirish mumkinligi asoslangan;
stansiyalar ish hajmi o‘zgarishiga muvofiq ravishda lokomotivlarni joriy saqlash xarajatlari va harakatlanuvchi tarkiblarning to‘xtab turishi bilan bog‘liq yo‘qotishlarni baholashga doir texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida qo‘shimcha lokomotivlarni ishlatish doirasini asoslash bo‘yicha yangi ishlab chiqilgan zaruriy ko‘rsatmalar ““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchastka stansiyasining namunaviy texnologik ish jarayoni”ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi 3744-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘ng‘irot, Miskin va Jasliq temir yo‘l uchastka stansiyalarini ishining texnologik jarayoni va ularning ilovalarini ishlab chiqishda tranzit vagonlarning turib qolish texnik me’yorlarini yanada aniq belgilash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish