Daniyarova Gulziyra Polatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «I.Yusupov she’riyatidagi ramz va metaforalarning poetik tahlili», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil 2707.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilimiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ayapov Amanjol Tlepovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi I.Yusupov she’riyatidagi ramz va metoforalarning estetik xossalari, badiiy vazifasi, tadrijiy takomili va yangilanish tamoyillarini poetika kesimida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:
ramz  badiiy obraz sifatida shoyirning lirik asarlari misolida, XX asr jahon she’riyati kontekstida umumlashtirilib, I.Yusupovning she’riyatidagi ramzlar mohiyati o‘sha davr adabiyotiga xos estetik tamoyillar, adabiy an’ana, ijodiy individuallik, milliy she’riyatning poetik takomili dunyoqarash, shakl va uslub, ramziy poetik ifoda, obrazlar olami hamda badiiy mahorat misolida asoslangan;
I.Yusupov she’riyatida ramziy obrazlarining genezisi milliy folklor va mumtoz adabiyot namunalari, xalqning ishonch va urf-odatlari, e’tiqodiy qarashlari va jahon adabiyotining ilg‘or yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq ekani isbotlangan va shoir she’rlarida faol amalda bo‘lgan “qara tal”, “bay terek”, “juwsan”  singari ko‘plab badiiy obrazlarning ramziy ma’noda Ona Vatan, tug‘ilgan makon tushunchalarini yoritishdagi poetik mahorati masalalari ilmiy asoslangan va konstept sifatida o‘rganilgan, qush timsollaridan: búlbúl, tırna, alasar qus, bayıwlı va qaqnus kabi afsonoviy obrazlar yordamida  lirik qahramonning o‘y-kechinmalarini etkazish mahorati ochiladi;
I.Yusupov lirik asarlarida  madaniy-mifologik ramzlar Lira, Orfey, Muza, Parnas, Pegas, shuningdek, falsafiy ramzlar yol, besh va uch kabi sokral raqamlarning ramziy ifodasi poetik tahlil qilingan;
Shoir lirik asarlarida metaforalarning turli-tuman shakllari qo‘llanilgan. Asosan, shoir obrazli taffakurida tabiyat bilan aloqaning kuchliligi metaforaning jonlantirivchi va predmetlashtiruvchi  turlari yetakchi bo‘lishini ta’minlaydi va metaforaning asar kompozision butinligin ta’minlashida asosiy vositalardan biri ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. I.Yusupov she’riyatida ramz va metaforalarni poetik tahlil qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy so‘z ustasi shayir I.Yusupovning badiiy dunyosini aniqlashda, uning asarlarida qo‘llanilgan ramzlar va metaforalarning poetik tahlili asosida yuzaga kelgan ilmiy-nazariy hulosalar amaliy darak vazifasini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Gumanitar Fanlar Ilimiy Tadqiqot Instituti tomonidan 2017-2020-yillarda o‘tkazilgan FA F 1-005 “Qoraqalpoq folklor va adabiyot tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha ishini  amalga oshirishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 9-sentyabrdagi 384/1-son ma’lumotnomasi).  
I.Yusupovning she’riyatidagi qo‘llanilgan ramz va metaforalarni badiiy-poetik tahlil qilishning ilmiy-nazariy asoslari, shuningdek, ramzlar orqali madaniyatning belgilarini avloddan-avlodga etkazish singari xususiyatlarga ega ekanligi haqqidagi bayonotlari yosh shoirlarning badiiy fikrlarini shakllantirishda ishlatilgan. (Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 22-avgustdagi 77-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh shoirlarning ramz va metaforalardan foydalanish mahoratini oshirishga xizmat qildi.
I.Yusupov she’riyatining o‘ziga xos hususiyatlaridan biri sifatida qo‘llanilgan ramzlarning inson ruhiyatiga ta’sir qilish singari ilmiy-nazariy asoslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Assalowma aleykum Qoraqalpog‘iston”, “Ruwxıylıq bostoni” madaniy ma’rifiy radioeshittirishlari ssenariyalarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 26-avgustdagi №05-22/383-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar keng xalq ammosining badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish