Dabilov Perdeg‘aliy Abatbaevichning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq adabiyotida lirik qahramon konsepsiyasi (lirik subekt va obekt masalasi)», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil534.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quwanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yulchiev Qaxxor Vaxobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Quramboeva Gulandom Karimboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq adabiyotida lirik qahramon konsepsiyasi (lirik subekt va obekt masalasi)ni hozirgi qoraqalpoq lirikasi asosida tadqiq qilish va aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
adabiyotshunoslikda shakllangan ilmiy-nazariy qarashlar asosida muallif obrazi, lirik subekt va lirik qahramon obrazining xususiyatlari chuqur tahlillar bilan isbotlab berilgan;
qoraqalpoq adabiyotida shakllangan lirik “Men” tushunchasiga tarixıy-badiiy ekskurs qilish orqali uning har bir davrga xos xarakterli xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinib, qoraqalpoq poeziyasida lirik subekt obrazining yaratilish evolyuciyasi ochib berilgan;
qiyosiy-tipologik tahlil usuli orqali milliy uyg‘onish davri (1985-yillar) qoraqalpoq poeziyasida publisistik tavsifning kuchayishi va lirik qahramon tabiatida paydo bo‘lgan prinsipial xususiyatlar ochib berilgan;
qoraqalpoq adabiyotida birinchi marta “lirik obekt” atamasi qo‘llanilib, uning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqilgan va lirik obektning subekt strukturasi (muallif obrazi, lirik subekt, lirik qahramon)ning yaratilishidagi roli ko‘rsatilgan;
I.Yusupov, Sh.Seyitov, T.Matmuratov, K.Raxmanov, S.Ibragimov, B.Genjemuratov va M.Jumanazarova asarlari misolida lirik subekt va obekt tiplari, yaratilish xususiyatlari o‘rganilib, qoraqalpoq adabiyotida lirik qahramon konsepsiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq adabiyotida lirik qahramon konsepsiyasi, lirik subekt va obekt masalasini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq adabiyotida lirik subekt muammosining o‘ziga xos xususiyatlari, ijodkorlarning lirik subekt obrazini tarixıy sharoit va davr bilan hamohang yaratish, lirik qahramon obrazining individualligini shakllantirishdagi o‘ziga xosligi, subekt strukturasi (muallif obrazi, lirik subekt, lirik qahramon)ning yasalishida lirik obektning rolini belgilash bo‘yicha muallif ilmiy-nazariy qarashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005-son “Qaraqalpaq folklortanıwshılıǵı hám ádebiyattanıw tariyxın izertlew” (2017–2020-yy.) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 12-sentyabrdagi 343/1-son ma’lumotnomasi). Natijada I.Yusupov, T.Matmuratov, K.Raxmanov, Sh.Seytov, S.Ibragimov, B.Genjemuratov va M.Jumanazarovalarning qoraqalpoq adabiy muhitidagi o‘rni, ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, muallif obrazi, lirik subekt va lirik qahramon obrazlarini yaratishdagi o‘ziga xosligi bo‘yicha takliflar amaliyotga tatbiq etilgan.
qoraqalpoq shoirlari, shu jumladan, I.Yusupov, K.Raxmanov, T.Matmuratov, Sh.Seytov, S.Ibragimov, B.Genjemuratov, M.Jumanazarovalarning adabiy-badiiy meroslari va nazmiy asarlarida yaratilgan lirik subekt va lirik qahramon obrazlarining kelajak avlodlarni munosib tarbiyalashga bag‘ishlangan estetik qarashlaridan «Qoraqalpog‘iston» teleradiokompaniyasining 2023-yil davomida «Meros», «Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston!» ko‘rsatuvlari va «Ma’naviyat bo‘stoni» eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-avgustdagi 05-22/434-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, xalqni ma’naviy-adob-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning estetik olamini boyitish, keng jamoatchilikning lirika va lirik qahramon haqidagi tushunchalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
lirik qahramon obrazini yaratishning nazariy asoslari va hozirgi qoraqalpoq poeziyasida badiiy tafakkurning yangilanishi bilan bog‘liq ilmiy qarashlar Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasining konferensiyalari, davra suhbatlari hamda yosh iste’dod egalarining mahoratini oshirishga bag‘ishlangan seminarlarda bayon qilingan (Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 26-iyuldagi 85-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh shoirlarning lirik asarlar yaratish va lirik qahramon obrazini tasvirlashdagi badiiy mahorati oshirilgan;
tadqiqot ishidagi ilmiy yangiliklar va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqishda, ayniqsa ushbu rejaning 9-, 11-, 13-bandlarini tayyorlashda, shuningdek, ko‘p jildli “Qaraqalpaq tiliniń túsindirme sózligi”ga oid materiallarni kiritishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 7-avgustdagi 13-09/5-08/617-son ma’lumotnomasi). Shu orqali Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2023-yil uchun ish rejasi hamda “Qaraqalpaq tiliniń túsindirme sózligi” kitobining mazmuni muayyan darajada boyitilgan.