Nishanboev Nizomjon Ne’mat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘larga ishlov beradigan mashinaning daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan ish organi turini tanlash va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2929.
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qudbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent Kambarov Baxtiyor Akbaralievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Ishmurodov Shuxrat Ulug‘berdievich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘larga ishlov beradigan mashinaning daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan ish organi turini tanlash va parametrlarini asoslash yo‘li bilan ish sifatini oshirish, yonilg‘i sarfi va boshqa xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘larga ishlov beradigan mashinaning daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan ish organlarining turi kam energiya sarflyagan holda intensiv bog‘larni ekilish sxemasi va daraxt ildizlari morfologiyasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
agregat harakat tezligi sferik disk tomonidan hosil qilinadigan tuproq uyumi daraxtlar himoya zonasining o‘rtasiga hamda bir tekis bo‘lishi ta’minlanishi shartidan aniqlangan;
daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan ish organlari sferik diskining diametri, egrilik radiusi, harakat yoʻnalishiga va tikka nisbatan o‘rnatilish burchaklari belgilangan texnologik jarayon ishonchli bajarilishi va talab darajasidagi ish sifatini ta’minlanishi shartidan, tuproq surgich-tekislagichining harakat yoʻnalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagi, qamrash kengligi, uzunligi va balandligi sferik disk tomonidan hosil qilingan tuproq uyumi tuproq bilan daraxtlarning ochilib qolgan ildizlari to‘liq ko‘milishi shartidan asoslangan;
sferik disk va tuproq surgich-tekislagichi parametrlarining maqbul qiymatlari hamda agregat harakat tezligi ularning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘larga ishlov beradigan mashinaning daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan ish organi turini tanlash va parametrlarini asoslash” bo‘yicha olingan natijalar asosida:
daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan va qator oralariga ishlov beradigan resurstejamkor mashinaga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining foydali modelga patenti olingan (“Intensiv bog‘ uchun kultivator”, № FAP 02039 – 22.08.2022 y.). Natijada intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan va ochilib qolgan daraxt ildizlarni ko‘madigan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan va daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan mashina tajriba nusxasi Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani “TOShKENT MEVA” MChJ, “OZOD ABDUNABI BOG‘I” va “YaNGI HAYoT ABDUG‘OPPOR ShIRINA” bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabrdagi №05/04-04-527-son ma’lumotnomasi). Natijada intensiv bog‘larga ishlov beradigan mashina bilan ochilib qolgan daraxt ildizlarini ko‘mishda mehnat sarfi 46,1 foiz va ekspulatasion xarajatlar 39,3 foizga kamaygan;
intensiv bog‘larga ishlov beradigan mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq, dastlabki talablar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabrdagi №05/04-04-527-son ma’lumotnomasi). Natijada intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan va daraxtlarning ochilib qolgan ildizlarini ko‘madigan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish