Samieva Shaxnoza Xushvaqtovnaning
falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Binolarning zilzilabardoshligini baholash uchun himoyalovchi qurilmalar va seysmik ta’sirni hisoblash usullari hamda ularning matematik modellarini rivojlantirish”, 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3391.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Said Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Bahodirov Azizbek Abdulazizovich - Toshkent shahridagi Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori. Texnika fanlari doktori, professor (05.09.01).
Abdusattorov Abdusamat - Toshkent davlat transport universiteti “Amaliy mexanika” kafedrasi professori. Texnika fanlari doktori, professor (01.02.04)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Politexnika Instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bino va inshootlar zilzilabardoshligini oshirish uchun aktiv himoyalovchi usulni rivojlantirish va hisoblash uchun matematik modelni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sirg‘aluvchan kamarli seysmoizolyasiya qurilmasi bilan jihozlangan binolarda zilzila (t) ta’sirining oshishi bilan ftoroplastning ishqalanish koeffisienti metallga nisbatan kamayishini hisobiy usuli takomillashtirilgan.
sirg‘aluvchan kamarli seysmoizolyasiya qurilmasi uchun ftoroplast materialining seysmik yuklar va termal ta’sirlarga chidamliligi o‘rganilgan, sirg‘aluvchan kamarli seysmoizolyasiya qurilmasi modeli ishlab chiqilgan;
eksperimental tadqiqotlar asosida ftoroplast F-4 materiali va metalldan tashkil topgan sirg‘aluvchan kamarli seysmoizolyasiyalovchi qurilma bilan jihozlangan binolarda statik va dinamik ta’sirlar sirg‘aluvchan kamar qurilmasi bilan jihozlanmagan binolarga nisbatan 1,6 martaga hamda qurilish maydonining seysmiklik darajasini 1 ballga kamayishi isbotlangan;
seysmoizolyasiyalovchi sirg‘aluvchan kamar qurilmasi o‘rnatilgan bino mustahkamligini hisobiy aniqlashdan foydalanib, binolarga seysmoizolyasiya qurilmalarini qo‘llash hamda ulardan amaliy foydalanish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Binolarning zilzilabardoshligini baholash uchun himoyalovchi qurilmalar va seysmik ta’sirni hisoblash usullari hamda ularning matematik modellarini rivojlantirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
seysmoizolyasiyalovchi sirg‘anuvchan kamarli tayanch yordamida seysmik kuchning kamayishi va binolarning zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqod natijalari qurilish va loyihalash ishlari uchun “O‘zog‘irsanoatloyiha”AJ tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 18 maydagi №08-06/4505-son, 2024 yil 3 dekabrdagi №20-06/12949-son ma’lumotnomalari). Natijada seysmoizolyasiya tizimini qo‘llash orqali binolarga ta’sir qiladigan zilzila kuchini 1 ballgacha kamaytirish imkonini bergan;
seymoizolyasiya mexanizmining poydevor konstrkuksiyasiga kiritilishi strukturadagi tebranish chastotalari va kuchlanishlarni aniqlash va ularni taqqoslash bo‘yicha LIRA SAPR 10 dasturiy taʼminoti asosida olingan nazariy ilmiy tadqiqot natijalari foydalanish uchun “EM-DER-SAL” MChJ hamda “YugAvtoStroy” MChJ tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 18 maydagi № 08-06/4505-son, 2024 yil 3 dekabrdagi 20-06/12949-son ma’lumotnomalari). Natijada seysmoizolyasiya qurilmasi o‘rnatilgan bino va inshootlarni zamonaviy LIRA SAPR 10 dasturi asosida loyihalash imkonini bergan;
seysmoizolyasiyalovchi sirg‘anuvchan kamarli va seysmoizolyasiya qilinmagan bino modellarini eksperimental sinash va tebranish chastotalari va kuchlanishlarni aniqlash usullari, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish asosidagi tadqiqotlarda foydalanish uchun “QIShLOQQURILIShLOYIHA” MChJ tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil18 maydagi №08-06/4505-son, 2024 yil 3 dekabrdagi №20-06/12949-son ma’lumotnomalari). Natijada binolarga umumiy sarflanadigan qiymatni 8-15 foizga iqtisod qilishga erishilgan.